harakatchan o ‘yinlar uskunalari bilan jihozlanadi. Tirik burchak (20 m2) bog‘chaning xo'jalik hududiga yaqin joylashtiriladi. Bu yerda quyon, tovuq, va boshqa kichik hayvonlar uchun qafaslar joylashtiriladi. Polizga janub tomondan soya tushmasligi kerak. Jo'yaklar iloji boricha sharqdan g'arbga qartib joylashtirilishi lozim. Polizni karam, pomidor, ildizmevali ekinlar uchun hududlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. J o ‘yaklar eni 1 m, uzunligi 3 m. Mevali bog‘da asosiy mevali daraxt va butalar turlari (olma, nok, olcha, gilos, smorodina, malina) boMishi lozim. Bolalar cho'milish hovuzi (25—30 m2 va 25—50 sm chuqurlik) bolalarni toblash va suv oVinlarini 0
‘tkazish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, kemalar suzishi uchun ariqlar o ‘tqazish tavsiya etiladi. Bu ariqlar guruh maydonlari yonidan o ‘tqazilishi mumkin. Bolalar bog'i lanshaftini tashkil etishi 4.5-rasm da keltirilgan. 4.5-rasm. 240 o'rinli bolalar bog‘chasi hududini landshaft tashkil etilishi: 1 — soyabon; 2 — qumli maydoncha; 3,4 — cho'milish hovuzi; 5 — tirmashib chiqish uchun devor; 6 — uchish joyi; 7 — choyshab quritish uchun ustunlar; 8 — panjara. 142
Bolalar bog‘chasi hududi perimctri bo'ylab butalar 2 qator tirik pa:ijara qilinadi va eni 5 m dan kam bo'lmagan chizqda daraxt qatori ekiladi. Umumiy foydalanishga mo'ljallangan maydonchalar atrofidagi daraxtlarni havo aylanishi hisobga olingan holda joylashtiriladi. Daraxt va butalar shunday joylashtirilishi kerakki, maydon hududining katta qismiga (55 %) kun davomida quyosh