4.15. Matematik statistika elementlari
Mathcad matematik statistikaning masalalarini echish uchun ko’plab
qurilgan
funksiyalarga ega bo’lib, ular o’rtacha
kattalik,
dispersiya, koorelyaцiya koifisienti,
ehtimollik
zichligi, ehtimollik funksiyasi, 17 ta har хil tasoddifiy miqdorlar taqsimot ko’rinishini
hisoblash
imkoniyatini beradi. Bulardan tashqari Mathcadda tasoddifiy sonlarni generaцiya qilishning 17 ta
mos taqsimot ko’rinishini, hamda Mante-Karlo usuli yordamida effektiv
modellashtirishni olib
borish imkoniyati ham bor.
Ajratib olingan ma’lumotlar asosida parametrlarni baholash uchun Mathcadda 16 ta har хil
funksiyalar mavjud:
•
mean(A) – A massiv elementlari qiymatlarining o’rtachasini qaytaradi.
•
hmean(x) – A massiv elementlari gormonik qiymatlarining o’rtachasini qaytaradi.
•
gmean(A) – A massiv elementlari qiymatlarining o’rtageometrigini qaytaradi.
•
var(A) – A massiv elementlari dispersiyasini qaytaradi.
•
Var(A) – A massiv elementlarining qo’zg’almagan dispersiyasini qaytaradi.
•
stdev(A) – A massiv elementlarining o’rtakvadratik chetlanishini qaytaradi.
•
Stdev(A) – A massiv elementlarining qo’zg’almagan o’rtakvadratik chetlanishini qaytaradi.
•
median(A) – ehtimollik gistogrammasini ikkita teng qismga bo’luvchi
A massiv medianasini
qaytaradi.