32
tashkil etadi. Xo’jalik yurituvchi subektlar depozitlari
va aholi omonatlari,
shuningdek, moliyalashtirishning boshqa manbalari kelgusida bank tizimi
likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi 2020 yil 1
yanvarda 51,0 trln so’mni tashkil qildi, uning 305 mlrd. so’mi yoki 0,6 foizi xorijiy
valyutada. Shu ko’rsatkichning o’ziyoq aholining banklarga ishonchi o’tib
borayotganligi yaqqol isboti bo’la oladi (5-jadval).
«Moody’s» agentligi tomonidan prognoz davrida tijorat banklari likvidliligi
va daromadlilik ko’rsatkichlarining barqaror darajada saqlanib turishi kutilmoqda.
Umumiy xulosa o’rnida «Moody’s» agentligi 12-18 oyni
tashkil etuvchi prognoz
davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o’sish sur’ati banklar uchun qulay
amaliyot muhitini ta’minlaydi.
“Fitch Ratings” agentligi tahlilchilari mamlakatimiz
bank tizimining
rivojlanishi va baholanishi bo’yicha o’zlarining xulosalarini shu yilning 20 may
kuni O’zbekiston Respublikasi va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi bilan
hamkorlikda O’zbekiston bank tizimining rivojlanishini
baholash va tijorat
banklarining xalqaro reyting olish masalalariga bag’ishlangan navbatdagi yillik
konfrensiyada taqdimot qilishdi. unda ta’kidlanishicha,
makroiqtisodiy muhitning
qulayligi, yalpi ichki mahsulotning barqaror o’sishi, davlat budjeti profitsit bilan
bajarilishi, davlat budjetining past darajasi bank tizimi rivojlanishining «barqaror»
darajada baholanishi uchun asos bo’lmoqda. “Fitch Ratings”
banklarning
respublika iqtisodiyotini kreditlashning barqaror o’sishini ta’minlamoqda.
Kreditlashning kengayishi iqtisodiyotning real tarmoqlarida ishlab chiqarish
hajmini oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning o’sishiga sharoit yaratmoqda.
Bank tizimi majburiyatlarining 10 foizini tashqi qarzlar tashkil etadi va ular
asosan moliya bozoridagi tebranishlarga bardoshli bo’lgan Osiyo taraqqiyot banki
(OTB), Xalqaro moliya korporatsiyalari (XMK)
va Jahon banki kabi xalqaro
moliya institutlarining investitsiyalaridan tashkil topgan. Xalqaro agentlik
tahlilchilari keyingi yillarda respublikamizda moliya – bank tizimining
barqarorligini oshirish bo’yicha katta ishlar
amalgam oshirilganligini, bank
33
tizimining ko’rsatkichlari nafaqat xalqaro standartlarga javob beradi, balki ba’zi
me’yorlar bo’yicha yanada mustahkamroq mavqega ega ekanligini ta’kidlab
o’tdilar.
Dostları ilə paylaş: