Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   240
Ривожланиш психологияси

14.6. Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi
Atoqli rus psixologi L.S.Vigotskiy bu yoshdagi inqrozni 7 
yosh inqirozi deb atagan va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi 
o‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tgan'. Bolaning xulq-atvorida bolalar- 
cha bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning belgilari sifatida jarohatlay- 
digan kechinmalardan himoya qilish funksiyasini bajaradigan qi- 
yshanglash, qiliq qilish, masxarabozlik qilishda namoyon boladi. 
Maktabgacha yosh davrida bola o‘zini jismoniy alohida musta­
qil individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyotlari va kechinmala- 
rini anglashgacha bolgan yolni bosib oladi. Bu hissiyotlar aniq 
faoliyat turi bilan bogliq. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini 
umumlashtirish asosida o‘z-o‘ziga munosabatda b o la boshlaydi. 
Shu bilan birga uyda quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi:
— 
bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaf- 
fusning paydo bolishi («o‘zini eshitmaganday tutishi», «yuz mar­
ta qaytarish kerak»);
1 Виготский JI.C. Вопросы возрастной (детской ) психологии// Собрание
сочинений в 6 т. 1984.Т.4.С.376-385.
268


— ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish;
— quloq solmaslik — odatiy ishlarni va burchlarini bajarishdan 
bosh tortish sifatida;
— «kichkina boladay» ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi 
ko‘rinishi va kiyimiga qattiq e’tibor berish.
Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta 
eslatish, tanqidni ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish kabi xulq-at­
vor shakllari ham kuzatiladi.
Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
— kattalar bilan muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularni 
kiritish (siyosat, boshqa mamlakatlar va planetalardagi hayot
maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida);
— shaxsiy qaroriga ko‘ra o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarish­
da va sevimli mashg‘ulot (xobbi) bilan shug‘ullanishda mustaqillik.
Xulq-atvor bunday xususiyatlarining psixologik mazmuni 
shundaki, bolaning o‘zi tomonidan mustaqil tashkil etilgan hara- 
katlarning ichki qadrliligini oshirish, qoidalarni anglashdan ibo- 
rat. Eng muhim tuzilmalardan biri — muhim ijtimoiy mavqeni 
egallash qobiliyati, ijtimoiy harakat qilish ehtiyojidir.
7 yosh inqirozini yengishda bolaga ko‘rsatiladigan yordamning 
asosiy shakllari — bu talablari sababini asoslashga urinish; musta­
qil faoliyatning yangi shakllarini amalga oshirishga harakat qi­
lish, berilgan topshiriqni bajarish zarurligini eslatish, bu topshi- 
riqni bolaning bajara olishiga ishonch bildirish.
M.Sh.Rasuleva o‘z ilmiy izlanishlarida katta maktabgacha va ki­
chik maktab yosh davrida burch hissini shakllantirish masalasiga 
asosiy e’tiborni qaratgan bo‘lib, maktabgacha yosh davridayoq bola­
ning bilish jarayonlari va hissiy-irodaviy sohasiga maqsadli yo'nal- 
tirilgan ta’sir orqali burch hissini rivojlantirish mumkin deb hisoblay- 
di1. Muallifning fikricha, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin