Madaniyat tushunchasi



Yüklə 16,14 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü16,14 Kb.
#40563
muomala madaniyati


Bilamizki, bu olamda tiriklik mavjudotlar ichida faqatgina insonga muloqot qilish uchun gapirish imkoniyatlari berilgan. “Muomala madaniyati” insonning eng go‘zal xislatlaridan biri hisoblanadi. Kishilik tarixidan beri inson so‘z boyliklarini hayotiy tajribalar asosida ko‘paytirib va kengaytirib kelmoqda, shu bilan birgalikda insoniyat tarixidagi kattayu-qichik, og‘ir va yengil ziddiyatlarning aksariyat va asosiy tag zamirida muomala madaniyati yotadi. Demak, muomala madaniyatini tushunish va anglashdan oldin uni qismlar tariqasida bo‘lib o‘rganib va tushunib olamiz.

Madaniyat tushunchasi (arabcha “Madinalik”, ya’ni shaharlik yoki ta’lim tarbiya ko‘rgan, shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i kabi ma’nolarni anglatadi) - tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydigan tushuncha. Boshqacha aytgandamadaniyat keng ma’noda insonning amaliy faoliyati natijasida boyliklarni qamrab oladi, ya’ni madaniyat lo‘nda qilib aytganda, inson yaratgan ikkinchi tabiatdir.

Madaniyat tarixi. Madaniyat atamasini ilm fanga birinchi bo‘lib (etnologi, madaniyatshunos, diniy marosimlar va marosimlarni tadqiq etuvchi. Etnologiya va antropologiya asoschilaridan biri) E.Teyler 1871 yilda kiritgan. O‘sha davrda madaniyatning 7 ta’rifi bo‘lgan. XX asrning 50 yillariga kelib madaniyatning 150 dan ortiq, 1970 yillarda esa 250 tadan ortiqroq ta’rifi shakllangan. Madaniyat sohasi shu darajada keng qamrovliki, unga barcha uchun ma’qul bo‘lgan yagona ta’rifni berish ancha mushkul.

Hozirgi kunda uning tarifi 500 tadan ortib ketgan. Dastlabki madaniyat tushunchasi insonning tabiatiga, maqsadiga muvofiq ta’siri (Yerni ishlash va hakozolar) hamda insonning o‘zini tarbiyalash va o‘qitish manolarini ifodalagan. Kiyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog‘liq mazmun tushunila boshlandi.

Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va to‘plash tarixigina bo‘lmasdan, kishilar ehtiyojining oshib borishi, insonning ana shu boyliklarning yaratuvchisi sifatida shakllanib borishining tarixi hamdir. Insonning ma’naviy ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati ikki jarayonning o‘zaro dialektik birligidan iborat:

birinchidan, insonning ma’naviy faoliyati jarayonida yaratilayotgan ma’naviy boylikni madaniy boyliklarga aylantirish;

ikkinchidan, madaniy boyliklarni o‘zlashtirish jarayonida inson ma’naviy dunyosini boyitish.

Madaniyat falsafasi – madaniyatning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o‘rganuvchi falsafiy fan.

Inson ma’naviy faoliyati natijasida faqatgina madaniy boyliklar yaratibgina qolmay, balki ongini, dunyoqarashini, ma’naviy saviyasini, muomala madaniyatini ham oshira borib, mutafakkirlarimiz orzu qilgan mukammal, komil inson sari olg‘a qadam bosadi.

Yangi jamiyat qurayotgan respublikamiz yoshlari faqat bilimi, ishbilarmonligi, tadbirkorligi bilangina emas, balki e’tiqodi, imoni, muomala madaniyati bilan ham jahonga tanilmog‘i, o‘z o‘rnini munosib egallamog‘ini davr taqozo etmoqda va shunday ham bo‘lmoqda.

Muomala – kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv va shuningdek, ish, xizmat va barcha sohalar bilan aloqalarni ifoda etuvchi tushuncha. Muomala insonning sotsial faolligini ko‘rsatuvchi bir ko‘zgudir. Muomalada insonning ichki dunyosi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari namoyon bo‘ladi. Muomala ko‘p qirrali: unda iqtisodiy, siyosiy, estetik, axloqiy, kasbiy va boshqa xususiyatlar aks etadi. Biroq inson qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, qanday darajani egallashiga, qaysi yoshda bo‘lishiga qaramay muomala madaniyatini yetarlicha o‘zlashtirmog‘i zaruratdir. Chunki inson ana shu muomalasi bilan ham hayotning gultoji va mo‘‘jizasidir. Eng go‘zal muomala lutf-karamdir. Navoiy bobomiz bunday muomalani “muomalaparvoz” deb atagan. Xalqimizda odamlar bilan to‘g‘ri, oqilona muomala qila bilish madaniyat, olijanoblik, deb hisoblanadi.



Muomala madaniyati – insonlararo muloqotda namoyon bo‘ladigan odob-axloq belgisi bo‘lib, so‘zlashuv madaniyatini tartibga soladigan hamda shaxs xulqi go‘zalligini aks ettiradigan ma’naviy-axloqiy hususiyatni ifodalovchi tushuncha.

Hozirgi zamon, bugungi kun “muomala madaniyati” juda keskinlashib borayotgan, tahlikali davrlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston miqiyosida olib qaraydigan bo‘lsak, bizning ma’naviyatimiz juda chuqur ildizga ega bo‘lib, o‘zimizga mos va xos sharqona uslubga ega.

Inson ma’naviy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan muomala madaniyati inson qiyofasini bezaydigan ziynat, qadriyat, fazilatdir. Shu sabab ham inson muomala madaniyatini shakllantirish yuzasidan, avvalo quydagilarga ahamiyat qaratish lozim:


  1. yolg‘on so‘z ishlatmaslik;

  2. hurmat va izzat tushunchalarini bilish va unga amal qilish;

  3. muloqot paytida orqa o‘girmaslik;

  4. shirin muomalada bo‘lish;

  5. qo‘pol gapirmaslik;

  6. muloqot paytida to‘g‘ri kelmaydigan va yarashmaydigan xatti-harakatlar qilmaslik;

  7. muloqot qilmoqchi bo‘lgan insoningiz haqida bilish (bilib-bilmasdan shaxsiyatiga tegmaslik);

  8. har doim gapni bo‘lmaslik va tinglashni o‘rganish;

  9. qayfiyatni buzmaslik, yomon ko‘z bilan qaratmaslik.

Jamiyatimizdagi ko‘pgina muammolarni tahlil qiladigan bo‘lsak, muomala madaniyati buzilishi oqibatidagi ko‘plab ziddiyatlarga guvoh bo‘lamiz. Agar quyida keltirilgan fikrlarga kuloq solinsa va amal qilinsa, jamiyatimiz va davlatimiz yanada gullab yashnashiga xizmat qilar edi:

Inkor ko‘zi-la qaragan kishiga

Yusufning yuzi ham xunuk ko‘rinar.

Agar muhabbat-la qarasa devga



Dev ham farishtadek suluv ko‘rinar. (Sa’diy Sheroziy)
Yüklə 16,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin