Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


B.Skinnerning radikal bixeviorizmi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240
Ривожланиш психологияси

7.3. B.Skinnerning radikal bixeviorizmi
B.F. Skinner bixevioristik nazariyaning yetakchisidir. Skinner 
boshqa zamondoshlariga nisbatan o£z-o‘zini kuzatishga qarshi 
bolgan. Shuningdek, u xulq-atvor shakllarini o‘rganishga hissa 
qo^hgan.1
Bixeviorizmning ko‘zga ko'ringan nazariyotchisi Skinner 
(1904—1990) metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish 
mumkinligini, chunki obyektiv ijtimoiy muhit determinallangan- 
ligini e’tirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, 
anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushuncha- 
sini inkor etgan. Uning ta’kidlashicha, inson xulq-atvori deyar­
li uni qurshab turgan tashqi muhit ta’sirida butunlay shakllana­
di. Ba’zida bunday yondashuvni invayronmentalizm (environment
— muhit-atrof) deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga kola, inson psi- 
xikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlani- 
shi, bevosita kuzatish mumkin bolgan inson xulq-atvorini o‘rga- 
nishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi 
muhit omillarini o‘rganishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hay­
vonlar xulq-atvorini (kalamush, kabutar) eksperemental tahlili in­
son va hayvonlar uchun umumiy bolgan xulq-atvor tomonlarini 
ochishga imkon beradi, deb hisoblangan. Xulq-atvorning umumiy 
qonuniyatiga tayanib ta’lim va tarbiyaning muhim amaliy psi­
xologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit 
o‘zgarishlarini manipulatsiya qilib, ya’ni bogliq bolmagan o‘zga- 
rishlar individning xulq-atvor reaksiyalarini bogliq o‘zgaruvchilar 
taxmin qilish va nazorat qilish mumkin.
B.F.Skinner xulq-atvorning 2 ta asosiy turi mavjudligini e’tirof 
etgan: respondent va operant. Biroq uning taxminicha, anglash
1 David G. Myers «Psychology ninth edition in modules». NY, WORTH
PUBLIShER-2010. 4-5pages.
133


mumkin bolgan, birlamchi stimullar mavjud bo‘lmagan ichki sa- 
bablar natijasida vujudga kelgan harakatlar operant xulq-atvordir. 
Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga keluvchi 
voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Oqibatga bogliq ravish­
da kelajakdagi xulq-atvorga nisbatan ma’lum bir fikr shakllana­
di. Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. 
0
‘rgatishning operant turi bo‘yicha insoniyat xulq-atvorining 
ko‘pgina shakllarining shakllanishi sodir bo‘ladi, ya’ni kiyinish- 
ni bilish, kitob o£qish odati, tajovuzkorlikni namoyon qilishdan 
tiyilish, g‘azabni jilovlash, tortinchoqlikni yengib olish va bosh­
qalar.
Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaksiyani takrorlashga 
harakat qiladi. Shunday qilib, ko‘pgina oilalarda yiglashga ope­
rant o‘rgatishni kuzatish mumkin.
Hayqiriq va yigl bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan 
shartsiz reaksiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga 
diqqatini qaratib, yordam berib, tinchlantirishga undaydi bun­
day g‘amxo‘rlik bola yiglsi uchun kuchli ijobiy quvvat boladi va 
yigl ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan 
omiliga aylanadi. Shu vaqtning o‘zida, salbiy natija yoki jazolash- 
ni yuzaga keltiruvchi reaksiyalarni takrorlanish ehtimoli kamaya- 
di. Agar tanish kimsa sizning salomingizga javoban labini qisib 
tanimaslikka olsa, biz tezda u bilan salomlashishni bas qilamiz.
Qollab-quvvatlash B.F.Skinner konsepsiyasining tayanch 
tushunchasidir. Qollab-quvvatlash reaksiyani kuchaytirib uni 
hosil bolish ehtimolini ko'paytiradi. Bixevioral olganishda 
qollab-quvvatlashning ikki turi tan olingan birlamchi yoki shart­
siz (suv, ozuqa, jinsiy munosabat), ikkilamchi yoki shartli (pul, 
boshqalar tomonidan e’tibor, ota-ona, tengdoshlar va o‘qituvchi- 
larning maqtovi, ma’qullashlari). B.F.Skinnerning fikricha, ikki­
lamchi qollab-quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida 
quvvatlovchiga aylanadi.
Ular ko‘pchilik odamlar uchun umumiy bolib, ularning 
xulq-atvoriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, B.F Skinner
134


ijobiy va salbiy qo‘llab-quvvatlovchini ajratib ko‘rsatgan. Ijobiy 
quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaksiyani kuchaytiradi. Sal­
biy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qo‘zg‘atuvchi stimul- 
larni bartaraf qilish hisobiga (o‘rtoqlarning «kichkintoy» «onasini 
o‘g‘li» kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi so‘z va 
iboralarni qo‘llashni boshlaydi). Xulq-atvor reaksiyasini kuchayti­
radi. Shuningdek, xulq-atvor jazolash yordamida ham (o‘smir- 
ning onasi haqoratli so'zlar uchun uni labiga urishi yoki cho‘ntak 
pulidan mahrum qilishi mumkin) nazorat qilishi mumkin.
Bunday oqibatga chek qo‘yish, xulq-atvor reaksiyasiga barham 
berish talab etiladi.
Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi ko‘proq qo‘llanila- 
di, lekin B.F Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz 
(faqat vaqtincha istalmagan xulq-atvorni to'xtatib turadi) ekan- 
ligini va undan ham yomoni salbiy zararli ta’sirni (qo‘rquv, xa- 
votirlanish o‘z-o‘ziga bahosining pasayishi, (asotsial) antiijtimoiy 
xulq-atvorning qo‘pol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qil­
gan. B.F.Skinner ijobiy qollab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni 
rag‘batlantirish) kattalar xulq-atvorini shakllantirishning juda 
ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini ta’kidlagan. Murakkab 
xulq-atvorga o‘rgatish holatida (masalan, xat yozish ko'nikma- 
si, shaxslarao muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinla- 
shish yoki shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam-baqa- 
dam bosqichma-bosqich qollab-quvvatlash xulq-atvorni kutilgan 
yo‘nalishga o‘zgartirishga bir necha marotaba qo‘shiladi. 0 ‘rgat- 
ishning boshqa tamoyili — qollab-quvvatlashning beto‘xtov- 
ligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o‘rgatishga mun- 
tazam qo'llab-quvvatlanadi: boshida bola o‘rgatilganlarni tezda 
yodidan chiqarib qo'ysa-da, uni ruhlantirish har bir harakatla- 
ridan faxrlanish, masalan, bola qo‘liga qoshiqni olib og'ziga 
olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan natija- 
ga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-ke- 
chak va stol ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F. 
Skinnerning ta’kidlashicha, hatto verbal xulq-atvor yoki og‘zaki
135


nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil yaqinlashish orqali egallana- 
di. Lekin ko‘pgina psixologlar operant asoslash tamoyilidan ke­
lib chiqib tushuntirib bo‘lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning 
bu qadar tez rivojlanishiga alohida urg‘u berib, bunday tarzda til- 
ni o‘zlashtirish mumkinligiga mutlaqo qarshilar.
Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning 
«Erkinlik va qadr-qimmatning boshqa tarafi» (1971), «Jami­
yat va bixeviorizm haqida fikr-mulohazalar» (1978) kitobla- 
rida tahlil qilingan. B.F.Skinner ta’limotida bolaning rivojla­
nishi bu qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bilan muvofiqlikda uni 
me’yoriy xulq-atvorga o‘rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiy- 
lashuv omillari va qo‘llab-quvvatlash manbalari bo‘lib, ota-ona 
hisoblanadi, keyinchalik, qo‘llab-quvvatlash manbalarining so­
ni ortadi: bular qo‘ni-qo‘shnilar, maktab, tengdoshlar fikri- 
dir. B.F.Skinner «Inson xulq-atvori uning hayoti davomida 
o‘zgaradi va vaqti-vaqti bilan inqirozlar yuzaga keladi, degan 
fikrni qo‘llab-quvvatlagan. Inqiroz holati muhitining shunday 
bir o‘zgalar ta’sirida yuzaga keladiki, unda individ xulq-at­
vor reaksiyalarining adekvat to‘plamiga ega bolmaydi. Mu­
hit bolaning xulq-atvorini doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda 
shakllantiradi, deb hisoblagani uchun bixeviorizmda rivojla- 
nishni yosh davrlarga ajratish (bolish) muammosi ko‘rib chi- 
qilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bogliq. Ushbu 
yosh davrida barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuni- 
yati mavjud emas: muhit qanday bolsa ushbu bolaning rivoj­
lanish qonuniyati ham shunday boladi. Gap faqat ma’lum bir 
ko‘nikmani shakllantirish o‘rgatish bosqichlarini belgilash im­
konini beradigan (o‘yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki 
tennis o‘ynashga o‘rgatish) funksional davrlashtirishni yaratish 
haqida ketishi mumkin. 0 ‘rgatishning doimiy tajribasi bosh­
qa psixologik maktablarda «Shaxs» deb nomlanuvchini yaratdi. 
Shaxs—bu insonning butun umri (hayoti) davomida egallagan 
tajribasidir. Insonning (noyobligi) o‘ziga xosligi irsiyat tavsif va 
o‘rgatishning individual repertuarini o‘ziga xos uyg‘unligi bi-
136


Ian belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan 
tenglashtiriladi, ya’ni har qanday bilim, ko‘nikma, malakani 
egallash bilan maxsus o‘qitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga 
kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan.
B.F.Skinner g‘oyalari juda keng amaliy ahamiyatini top- 
di. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy 
qo‘llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ 
xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qil­
gan. Ular taklifining aniq sohalari o‘rtasida turli xil ko‘rinish- 
dagi qo‘rquv xavotirlanish va «yopishqoq» (miyaga o‘rnashib 
qoladigan) holatlarni yengib o‘tish destruktiv xulq-atvorni 
o‘zgartirish muloqot ko‘nikmalariga o‘rgatish, o‘ziga ishonch- 
ni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo‘riqishlari, migren, xa- 
votirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o‘tkazish. Ope­
rant metodikalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga, 
ruhiy kasalxona bemorlariga, qamoqxona mahbuslariga ham 
qo‘llaniladi. «Jetonli taqdirlash», «Senzibilitatsiya va desensibi- 
lyatsiya», «to‘xtatilgan vaqt» yoki «taym-aut» metodikalari keng 
mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda das- 
turlashtirilgan o‘qitish B.F.Skinner tomonidan o‘ylab chiqilgan 
tamoyillarga asoslanadi. Ko‘pgina mutaxassislar «Xulq-atvor 
ko‘rinishi texnologiyasi»ning samaradorligini tan oladilar, bi­
roq bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmi- 
ga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, 
hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta’kidlaydilar va bu metodni 
haddan ziyod keng qo‘llash mumkin emasligi haqida ogohlan- 
tiriladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin