Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki,
Islom va Osiyo taraqqiyot
banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar
hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard
dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar tobora kuchayib borayotganini
hisobga olib, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik.
Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha qoʻshin turlarining tuzilma va vazifalari qayta
koʻrib chiqildi.
Armiya va xalq birligini taʼminlash maqsadida barcha hududlarda harbiy-
maʼmuriy sektorlar tashkil etildi.
Albatta, yil mobaynida amalga oshirgan ishlarimiz roʻyxatini uzoq davom ettirish
mumkin. Lekin
bunday misollarni keltirish, qayd etishdan maqsad – koʻkrakka
urib maqtanish emas. Biz bundan mutlaqo yiroqmiz. Bizning maqsadimiz – oʻtgan
bir yillik taraqqiyot yoʻlimizni xolisona va tanqidiy baholashdan iborat.
Fursatdan foydalanib, islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan,
barcha qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib, oʻzining fidokorona mehnati
bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshayotgan olijanob xalqimizga
chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Muhtaram anjuman ishtirokchilari!
Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga yangi – 2019 yil kirib keladi. Yangi yil
arafasida anʼanamizga koʻra 2019 yilga qanday nom berish toʻgʻrisida bugun sizlar
bilan maslahatlashib,
bir qarorga kelsak, ayni muddao boʻladi.
Albatta, biz bu haqda koʻp oʻyladik. Joylarda xalq bilan muloqotlar davomida va
murojaatlarda bildirilgan fikrlar, taklif-mulohazalarni atroflicha koʻrib chiqdik.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan
boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan.
Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda,
iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar,
ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi,
tadbirkorlik jadal
rivojlanadi.
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz,
modernizatsiya, deymiz.
Lekin bu oʻzgarishlardan koʻzlangan asosiy maqsad nima oʻzi?
Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin,
tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning
bosh maqsadimizdir.
Bu yoʻnalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va
xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi
islohotlarimiz samarasi
bilan chambarchas bogʻliq.
Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini
roʻyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tizimini
rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va
oʻquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.
Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish,
biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻliqni
taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.
Nogironligi boʻlgan
shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar,
umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, albatta, ustuvor
vazifamiz boʻlib qoladi.
Kelgusi yilda tadbirkorlik, biznes uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi ish
oʻrinlari
tashkil etish, aholi daromadlarini koʻpaytirish, pensiya taʼminotini
yaxshilash boʻyicha ham koʻp ishlar qilishimiz lozim.
Shularning barchasini hisobga olib, 2018 yilda boshlagan ishlarimizni mantiqiy
davom ettirish va yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida, men kirib kelayotgan
yangi – 2019 yilga
Dostları ilə paylaş: