O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Falsafiy bilimlar, falsafiy bilimlar tizimi, falsafiy g’oyalar, falsafiy nazariyalar, falsafiy fanlar, falsafaning asosiy 
vazifalari. 
Takrorlash uchun savollar 


1. Fanlarning ajralish va o’zaro qo’shilish tamoyilini qanday tushunasiz? 
2. Falsafiy bilimlar tizimiga qaysi fanlar kiradi? 
3. Falsafiy g’oya va nazariyalarning shakllanishi qanday ro’y beradi? 
4. Falsafiy fanlarning vazifalariga doir asosiy xususiyatlar nimalardan iborat? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I. Ma’naviy tiklanish yo’lida. — T.: «O’zbekiston», 1998. 
2. Karimov I. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». — «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 
iyun. 
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b. 
5. «Osnovi filosofii». T. «O’zbekiston», 1998. 


4-mavzu. Istiqlol va falsafiy 
dunyoqarashning yangilanish muammolari 
Reja: 
1. Ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkur. 
2. Istiqlol va falsafiy tafakkurni yangilash zarurati. 
3. Yangi mafkuraviy tamoyillar shakllanishida falsafaning o’rni va ahamiyati. 
4. Falsafiy dunyoqarashning yangilanish jarayoni va yoshlar tarbiyasi. 
Taraqqiyot va tafakkur, istiqlol va falsafa.
Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq 
jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar 
o’zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o’z-
o’zidan yuz bermaydi. 
Ayniqsa, inson tafakkurining o’zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo’lishi uzoq davom etadigan murakkab 
jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. 
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g’oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa 
bo’lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o’zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Bu 
jarayonning qonuniyatlari va o’ziga xos xususiyatlari Prezident Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri 
savollariga bergan «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» mavzuidagi javoblarida asoslab 
berilgan. 
Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g’oyat murakkab bo’lib, quyidagi bir 
qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda: 
- mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish; 
- kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g’ayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish
- O’zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish; 
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa 
mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish; 
- ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada 
keng va chuqurroq o’rganish; 
- falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko’proq moslash, qo’llanma va darsliklarimizda milliy g’oya 
va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish
- istiqlol talablariga mos keluvchi sog’lom g’oyali ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar 
olib borish, ular asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish. 
- jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o’rganish, bu jarayonda turli g’oya va mafkuralarning davlatlar va 
xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko’rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish. 
Ana shu masalalarni uyg’un holda hal qilish falsafiy dunyoqarashimizni yangilashga yordam beradi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin