O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

ma’rifat
ning, xususan, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik 
bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi — ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta 
ta’sir kuchiga ega»
1

Falsafa esa — barcha fanlar rivojlanishiga asos bo’ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning 
rivojlanish yo’llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal fan. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlarning 
otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog’liq mos ekani, jamiyat 
manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog’liq. 
Dunyoda o’z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar bor. Chunonchi, hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi, 
ingliz falsafasi kabilar shular jumlasidandir. Milliy adabiyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bo’lgani kabi, milliy 
falsafaning ham bo’lishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy qobiqqa o’ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan 
sifatida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan 
shug’ullanayotgan aniq shaxs – faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham ifodalaydi. Millat ozod bo’lsa, 
o’z turmush tarziga mos fikrlasa, olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning o’z 
falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatlarini aql-idrok, mafkura yo’li bilan himoya qilishga, uning ongi, 
dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafani rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. 
Busiz millatning haqiqiy farzandi bo’lgan, uning kamolini o’ylaydigan chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni 
tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga, Vatanimiz 
mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatning tarkibiy qismi 
bo’lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim. 
Sobiq Ittifoq davrida so’z va vijdon erkinligi turli yo’llar bilan bo’g’ib kelingani, biryoqlama dunyoqarash zo’rlik 
bilan singdirilgani tufayli falsafa quruq safsata va zerikarli aqidaga aylanib qolgani – achchiq haqiqatdir. Chunki u 
kommunistik g’oyalardan tashqariga chiqolmas, hayotga taraqqiyot nuqtai nazaridan baho berolmas edi. Shuning uchun 
u yoshlar va talabalar uchun kamolot vositasi, intilish omili emas, teskari tarbiya quroli, zararli dunyoqarash manbai 
bo’lib qolgan edi. Shu bois u o’z davri mafkurasi bilan birga o’tmishga aylandi. Bu borada oddiy tilda yozilgan 
qo’llanmalar, xalqchil kitoblar, afsuski, hali ham etarli emas. 
Odatda, mutaxassis bo’lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning 
sababi nimada? Buning boisi shuki, falsafa ko’p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha, turli 
qonun va qoidalar, xilma-xil ta’limot va g’oyalar majmuidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin etilar edi. U yoki bu 
falsafiy qoida nega kerak, ularni o’rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror bir g’oya yoki 
ta’limotga ko’proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo 
ustuvor bo’ldi, degan masalalar ko’p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa tarixiy voqelik bilan bog’lab 
tushuntirilmas, falsafiy ta’limotlar o’z asoschilari hayotining uzviy qismi ekani yoddan chiqarilar edi. 
Oqibatda nima bo’lar edi? Falsafa mutaxassisi bo’lmagan talabalarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl 
mohiyatini tushunib olardi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib bora olmasdan, go’yoki katta shahar 
1
Ислом
Каримов

Миллий
истиқлол
мафкураси

халқ
эътиқоди
ва
буюк
келажакка
ишончдир
: «
Фидокор
» 
газетаси
мухбири
саволларига
жавоблар
. - 
Т
.: «
Ўзбекистон
», 2000. 33-
бет



boshlanadigan joyda qolib ketardi. Kun sayin chuqurlashib, fan sirlarini bor murakkabligicha tushuntirishda davom 
etayotgan o’qituvchi sanoqli talabalar bilan birga o’sha shaharga kirardi, ko’chalar, mahallalarni – falsafa dunyosini 
kezishda davom etardi. Lekin qolgan talabalar esa bu xazinadan bebahra bo’lib, shaharga kirmasdan o’tadigan aylanma 
yo’ldan borishga majbur bo’lar va shu tariqa falsafaning mohiyatini durustroq tushunmay, diplom olardi hamda 
amaliyotga ketardi. 
Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan bo’lib qoladi, faqat baho olish uchun yodlangan 
qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib bo’lmaydi, bu — foydasiz bilim 
sohasi, binobarin uni o’rganishga ketgan vaqt bekorga o’tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. Agar falsafadan 
bilim beruvchi o’qituvchining o’zi ham bu sohani bir mahallar chetlab o’tgan sobiq talabalardan biri bo’lsa, masala 
yanada chigallashadi. 
Hurmatli talabalar, ushbu so’zlarni falsafa bo’yicha tahsil tugab, imtihonlar yaqinlashgan onlarda diqqat bilan yana 
bir marta o’qib chiqing. Falsafani o’qigan davringizga, demakki, siz mansub bo’lgan falsafiy voqelikka shu nuqtai 
nazardan baho berishga harakat qiling. Ana shunda masala nihoyatda oydinlashgan va barchaning, u o’qituvchimi yoki 
talabami, bundan qat’i nazar, qanday baho olgani aniq bo’lib qoladi. 
Aslida, falsafaning asosiy vazifasi inson ongida sog’lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunday 
dunyoqarash biron-bir g’oyani zo’rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, xilma-xil 
fikrlarni o’rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida shakllanadi va 
rivojlanadi. 
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur ma’ruza matnlarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi: 
— falsafani jahon madaniyati va tsivilizatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish; 
- falsafiy g’oyalar, muammolar, oqim va yo’nalishlarni tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning 
uyg’unligi tamoyiliga amal qilish; 
- xilma-xil falsafiy ta’limot va turli qarashlarni bir butun jarayonning ifodasi bo’lgan ilmiy bilimlar tizimi sifatida 
talqin etish; 
- mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bog’lab tavsiflash, ularni izohlashda umumbashariy va milliy 
miqyosdagi dalil va misollarga tayanish; 
- har bir mavzuni istiqlol va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq holda 
tushuntirish. 
Biz bu jarayonda biror bir g’oya, oqim, yo’nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining 
ahamiyatini kamsitish fikridan yiroqmiz. Aksincha, bizning maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin etish, 
talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy oqimlar, ularga mansub faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to’g’ri va 
xolisona tasavvurni shakllantirishdan iborat. 
Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmasiga binoan, O’zbekiston faylasuflari milliy 
jamiyatining bir guruh a’zolari tomonidan nashrga tayyorlangan ushbu ma’ruza matnlari falsafani yangi tamoyillar 
asosida tavsiflash borasidagi ilk tajribalardan biridir. Shu sababli unda ayrim xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilgan 
bo’lishi mumkin. Matnlar, asosan, ijtimoiy fan sohalari uchun mutaxassis tayyorlamaydigan oliy o’quv yurtlari 
talabalariga mo’ljallangan. Mazkur to’plamni qo’llash jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida ana shu talabalar 
uchun yangi darslikni tayyorlash ko’zda tutilgan. 
Ushbu ma’ruza matnlari turlicha fikr uyg’otishi shubhasiz. Bu boradagi taklif va mulohazalar uchun oldindan 
minnatdorlik bildirgan holda, ularni respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yoki O’zbekiston faylasuflari milliy 
jamiyatiga yuborilishini so’raymiz. 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin