O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Materializm
olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor 
deb biladigan ta’limot. 
Idealizm — 
olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb 
ta’lim beradigan falsafiy ta’limot. 
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog’liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug’ullanadi. 
Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni – 
gnostiklar;
olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to’g’ri va 
aniq haqiqat darajasiga ko’tarila olmaydi deyuvchilarni esa – 
agnostiklar
(yunoncha — bilib bo’lmaydi degan ma’noni 
anglatadi) deb yuritiladi. 
Olamdagi o’zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir 
bo’lishi kabi masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va 
ular bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, qarash, usul va metodlar bor. 
Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. Ularning tarixi nihoyatda uzoq 
bo’lib, Qadimgi Yunoniston va Rim davridan (miloddan oldingi VII — I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinergetika 
ham falsafiy metod va ta’limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam 
beradi va bu usullardan faylasuflar o’z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda 
foydalanadilar. 
Dialektika
– grek tilida baxs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni 
haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar 
doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko’ra, 
olamda o’z o’rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo’nalishiga ega bo’lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari 
bilan bog’liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali 
namoyon bo’ladi. 
Masalan insoniyat tarixiga bu usulga asosan yondoshilganida, u uzluksiz tarzda ro’y beradigan avlodlar o’rin 
almashuvi, birining o’rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor 
qilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu zamonning 
ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug’ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo’nalishlar, g’oya va 
mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko’rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo’lishini kuzatish 
mumkin. 
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqea va hodisalar o’z-o’zidan avtomatik 
tarzda sodir bo’lib, nom-nishonsiz yo’qolib ketmaydi. Balki ularning barchasi insonlar o’rtasidagi o’zaro aloqa va 
munosabatlarning hosilasi, ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon bo’ladi. Bir davr 
ikkinchisining o’rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bo’lib turadi. Ana shu abadiy va 
azaliy uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqealarning ketma-ketligi tarzidagi bog’lanishlar, 
rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg’unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi. 
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni – dialektik tafakkur, ana shunday dunyoqarashni – dialektik 
dunyoqarash, yondashuvni – dialektik yondashuv, metodni – dialektik metod deb atash an’anaga aylangan. Shu bilan 
birga u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor. Masalan, 
Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Hegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi. 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin