O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafa fanining muammolari,
o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar 
insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat 
taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-
fan taraqqiy etib boradi. 
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy 
etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va 
2
Ислом
Каримов
. «
Миллий
истиқлол
мафкураси

халқ
эътиқоди
ва
буюк
келажакка
ишончдир
»: «
Фидокор
» 
газетаси
мухбири
саволларига
жавоблар
. - 
Т
.: «
Ўзбекистон
», 2000.


jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining 
azaliy muammolari sirasiga kiradi. 
Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar 
nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala 
«Substantsiya»
tushunchasi va uning 
mazmunini qanday tushunilishiga qarab o’ziga xos ifodalangan. Substantsiya deganda olam va dunyodagi narsalarning 
mohiyati to’g’risidagi fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil 
topgan degan bo’lsa, Aflotun substantsiya — g’oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida atomlar (atom 
tushunchasi o’sha davrda bo’linmas zarracha ma’nosida ishlatilgan) yotadi deb tushuntirgan. 
Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo’nalishlar ham yo’q emas. Masalan, 
olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va 
idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan. 
Monizm
(yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta 
asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir. 
Dualizm
(lotin tilida dua, ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va 
materiya bilan birga ruh va g’oya, ya’ni ideya yotadi deyuvchi qarash. 
Plyuralizm
(lotin tilida plyural, ya’ni ko’plik degan ma’noni anglatadi) — olamning asosida ko’p narsa va ideyalar 
yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin