10
etish; maqsadga erishish yo’nalishida tizimning tashkil etuvchilariga ta’sir etishni
vertikal muvofiqlashtirish” (23, 133-b.).
A.I.Kitovning talqiniga ko’ra: “Akmeologik usul – bu insonlarni boshqarish,
ular bilan ishlash” (12,107).
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan
olimlardan M.Sharifxo’jaev, Yo.Abdullaevlar akmeologik usul o’ziga xos yuksak
san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va
uning bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradilar:
“Akmeologik usul – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat
qilish jarayonidir” (30, 7-b.).
Qator tadqiqotlarda akmeologik usul insonlarning xatti-harakatini tartibga
keltirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sifatida izohlanadi (12, 148; 234).
So’nggi yillarda akmeologik usul g’oyalarining rivojlanishi pedagogik
menejment muammolarini hal etish bilan bog’liqdir (15,297). Pedagogik
menejment atamasi orqali “maqsadga erishish hamda qo’yilgan vazifalarni
bajarishda insoniy, iqtisodiy va samarali yo’llar bilan insonlarni boshqarish va
vositalardan foydalanish” tushuniladi (21, 29-b.).
Ba’zan “pedagogik menejment” iborasi maktabni boshqarish yoki ta’limni
boshqarish terminlarining sinonimlari sifatida tushuniladi. Bizning fikrimizcha,
bunday talqin unchalik to’g’ri emas, “ta’lim menejmenti”, shuningdek, “umumiy
o’rta ta’lim menejmenti” tushunchalari doirasida sinonimlik kuzatiladi.
“Pedagogik” so’zi keng qamrovli bo’lib, bir oz boshqacha ma’nolarni ifodalaydi
(25,81; 82; 91; 121).
Pedagogik menejment vazifalarini aniqlagan holda, V.P.Simonovning
ta’kidlashicha, menejment sub’ektining muhim harakatlari axborotlarga bog’liq
bo’lib, akmeologik usul uchun axborotlar zarur, u menejment faoliyatining
predmeti hamda natijasi hisoblanadi. Muallif pedagogik menejmentning uch
funktsiyasini ajratib ko’rsatadi: qaror qabul qilish (farmoyish, buyruq, tavsiya va
h.k.); qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tashkil etish (moddiy-texnik
Dostları ilə paylaş: