12
12
52
maktab rahbarining o’z kasbining ustasi, ya’ni professional bo’lib shakllanishi
yo’nalishidagi muammoning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Oldingi davrlardagi kabi, bugungi kunda ham zamonaviy maktab rahbari o’z
kasbining “sirlarini” to’la biladi (yoki bilmaydi), o’zining funktsional vazifalarini
tushunib etadi (yoki tushunmaydi) va o’z faoliyatini tahlil qilish orqali yo’l
qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish asosida akmeologik usul faoliyatini
takomillashtirib boradi (yoki e’tiborsiz bo’ladi). Natijada maktab rahbarlarini
ko’pchiligining o’zini-o’zi rivojlantirish imkoniyatlari bilan ularning akmeologik
usul faoliyati, ya’ni kasbiy faoliyatiga qo’yilayotgan zamonaviy talablar o’rtasida
ziddiyatlar vujudga keladi.
Keltirilgan ma’lumotlar maktab rahbarini o’zini-o’zi akmeologik usulchi,
jamoadagi vaziyatdan kelib chiqib o’z shaxsini zaruriyatini ta’minlovchi; o’z
muvaffaqiyatlari va qobiliyatlarini baholovchi, boshqa insonlarning ijobiy
xislatlarini o’zida o’zlashtiruvchi, shu sababli o’zini-o’zi hurmat qiluvchi;
insonlarga nisbatan insonparvarlik yondashuvi asosida munosabatda bo’lishga
moyilligi kuchli bo’lgan, ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga hamda
ijobiy natijalarga erishishga, shuningdek, yaxshilikka va kelajakka ishonuvchan;
mavjud ziddiyatlarni tushunadigan, ya’ni o’zligini isbotlash ehtiyojini qondirishga
harakat qiluvchi shaxs sifatida tasvirlaydi.
Maktab rahbarining o’zligini isbotlash darajasining o’zgarishi uning
akmeologik usul faoliyati yo’nalishidagi mehnat stajiga bog’liq bo’ladi. Mazkur
bog’liqlikning o’ziga xos xususiyatlari aniqlangan bo’lib, u funktsional va davriy
bo’ladi, o’zligini isbotlash darajasining o’zgarishi, ya’ni o’sish davri o’rtacha 5
yilni tashkil etadi va ayrim hollarda 5 yildan 7 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga
olishi mumkin. O’zligini isbotlash darajasining eng yuqori cho’qqisi rahbarlik
faoliyatining birinchi, beshinchi-ettinchi va o’n ikkinchi yillarida vujudga kelishi
belgilangan.
Maktab rahbari xususiyatlarining psixologik tasviri o’zligini isbotlash
jarayoni va uning ahamiyati rahbarlar uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini
9
53
ko’rsatadi. O’zligini isbotlash darajasi pedagogik jamoa rahbarining shakllanishida
zarur hisoblangan kasbiy integrativ-psixologik xususiyatlardan biri hisoblanadi.
O’zligini isbotlash esa eng asosiy kasbiy asoslangan mukammal psixologik
xususiyatlardan biri hisoblanadi (74).
O’zligini isbotlash darajasi yuqori bo’lgan rahbar shaxsining o’ziga xos
xususiyatlari aniqlangan. Ular orasida rivojlanishga bo’lgan ehtiyojning
qondirishni asosiy maqsad qilib olgan, rivojlanishga qarshilik ko’rsatuvchi
omillarga nisbatan ko’proq rivojlanishni ta’minlovchi omillarga e’tibor qaratuvchi
shaxslar ko’pchilikni tashkil etadi (165).
O’zligini isbotlash darajasi yuqori bo’lgan rahbarlar o’z hamkasblaridan
hissiyotlarga berilmaslik darajasining yuqoriligi, o’ziga ishonishi, o’z oldiga
qo’ygan maqsad va rejalarni amalga oshirishda qat’iyligi, zamonaviy talablarni
anglashi va mas’uliyatni his etishi, shuningdek, muhim ahamiyatga ega bo’lmagan,
arzimas ikir-chikir narsalarga ranjimaslik kabi odatlari bilan ajralib turadi. U o’z
g’oyalariga berilib ketgan, jur’atli, jasur va mustaqillikka intiluvchan bo’lib,
shuning uchun unda hamkasblariga nisbatan yangilikka va innovatsiyalarga
moyillik hamda muvaffaqiyatga va o’z imkoniyatlariga ishonch kuchli bo’ladi. Bu
turdagi rahbarlar o’z jamoasidagi mavjud jarayonlarda faol ishtirok etadi hamda
barcha hodisa va voqealarga e’tiborli munosabatda bo’ladi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda aytish
mumkinki, zamonaviy o’qituvchi – bu akmeologik usul yo’nalishida kompetentli,
maktabni boshqarishda innovatsion yondashuvlarga asoslanadigan, zamonaviy
maktabni boshqarishda zarur pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lgan,
yuqori darajada o’zini-o’zi nazorat qila oladigan, shuningdek, shaxslararo
munosabatlarda tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga oladigan hamda turli xil
masalalarni va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga
asoslanadigan professionaldir.
Akmeologik usulda kompetentlilik zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda falsafiy
dunyoqarash, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyat, ya’ni
2
54
o’qituvchining kasbiy imkoniyatlari salohiyati sifatida ko’rib chiqiladi. Mazkur
salohiyat faoliyatning akmeologik usul ob’ektiga yo’naltirilganligi hamda
akmeologik usul ob’ektining ijtimoiy muhitdagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda aniqlanadi.
V.P.Toporovskiyning
fikricha,
“Akmeologik
usulda
kompetentlilik”
akmeologik usul yo’nalishidagi tushunchalar darajasi, akmeologik usulchining
individual qobiliyatlari va malakasi, uning o’zini-o’zi rivojlantirishga va uzluksiz
mustaqil ta’lim olishga bo’lgan moyilligi, intilishlari, shuningdek, zamonaviy
talablar asosida ta’lim muassasasini boshqarish imkoniyatlari orqali aniqlanadi
(241, 80-b.).
Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish yo’nalishida ta’lim
jarayoni ishtirokchilarini faoliyatini muvofiqlashtirish, pedagogik xodimlar
salohiyatini ko’tarish, moddiy-texnik va ilmiy-metodik ta’minotini yaxshilash,
innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish orqali ta’lim muassasasi
faoliyatini takomillashtirish akmeologik usulda kompetentli bo’lishning asosi
hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning tashkil etuvchi navbatdagi komponenti tahliliy
faoliyat bo’lib, zamonaviy o’qituvchi bajarilishi zarur bo’lgan nostandart
masalalarni tahlil qila olishi, jamoa faoliyatidagi ijodiy yondashuvlarni qo’llab-
quvvatlashi, innovatsion g’oyalarni rag’batlantirishi va rivojlantirishi, vaziyatli
yondashuv hamda amalga oshirilgan tahlillar asosida akmeologik usul
texnologiyalarini yangilab borishi zarur hisoblanadi.
O’qituvchi tahliliy faoliyati samaradorligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya
jarayonini kuzatib borish, axborotlar to’plash, bajarilgan ishlarning natijalarini
tahlil qilish, olingan axborotlarga asosan belgilangan vazifalarga o’zgartirishlar
kiritish va qarorlar qabul qilishda qayta aloqa zarur hisoblanadi.
V.P.Toporovskiyning fikriga ko’ra, zamonaviy o’qituvchi shaxsining
kompetentliligi – bu pertseptiv-tahliliy ko’nikmalari va qobiliyati: ta’lim-tarbiya
jarayoni sub’ektlarining xususiyatlarini o’rganishi, hamdard bo’la olishi, umumiy
7
55
qiziqishlarni inobatga olishi, o’z xatti-harakatlarini tahlil qilishi, o’zini-o’zi
anglashi, o’zini-o’zi baholashi, maktab hamda o’z hayotidagi hodisa va voqealar
uchun javobgarlikni his etishi (241, 160-b.).
O’tkazilgan nazariy tahlil va empirik tadqiqotlar asosida o’qituvchilari
o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar hamda ularning tashkil etuvchi
komponentlar aniqlandi, ular o’z navbatida zamonaviy o’qituvchi shaxsining
baholash mezonlari sifatida xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |