190
9.5.2. Qiytimlarni tajriba – statistika usulida aniqlash
Bu usul birinchi bo‘lib qo‘llanilgan. Uning natijalari eng aniq emas. Bu usul
qo‘llanilganda yuzaning mexanik va ximik-termik ishlashning barcha o‘tishlari
umumiy qiytimini belgilaydi. Qiytimning qiymati o‘xshash detallarni oldin
ishlangan davridagi natijalarni umumlashtirib o‘rtachasi bilan belgilanadi. Bunda
yangi
texnologik jarayonlarni, texnologik jihozlarni, moslamalarni qo‘llash
inobatga olinmaydi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bu usul bilan belgilangan
qiytim, yaroqsiz detal hosil bo‘lmasligi uchun keragidan kattaroq belgilanadi.
Bu usulda operatsiyalarni bajarish sharoitlari tahlil
qilinmasdan va qiytim
qiymatini kamaytirishni qidirmasdan normativ jadvallar bo‘yicha belgilanadi.
9.5.3. Qiytimlarni hisoblash - analitik usulda aniqlash
Bu usulda qiytim kattaligiga ta’sir qiluvchi hamma faktorlar hisobga olinadi:
bazalash sxemasi, oldingi operatsiyalarning xususiyatlari,
texnologik jihozlar
deformatsiyalari va h.k.
Oldindan sozlab qo‘yilgan stanokda bir xil zagotovkalar guruhini ishlashda
haqiqiy qiytimlar har xil bo‘ladi, chunki zagotovkalarning o‘lchamlari quyim
chegaralarida (quyim ichida) har xil bo‘ladi. Zagotovkaning eng kichik o‘lchami
Q
min
ga ishlash uchun eng kichik o‘lchami
b
min
qiytim to‘g‘ri keladi. Zagotovkaning
eng katta o‘lchami
Q
max
uchun
eng kata qiytim
b
max
to‘g‘ri keladi (9.8-rasm).
Zagotovkani ishlashni qiytimini haqiqiy o‘lchami
Q
min
dan
Q
max
gacha bo‘ladi;
Z
b.min
dan kichik emas,
Z
b.max
dan katta emas.