(
5
.
3
)
328
13.20. Ultratovush qo‘llab kavsharlash
Ultratovush vositasida kavsharlanganda flyus ishlatilmaydi. Chunki, erigan
kavshar (oraliq metal - “pripoy”) da ultratovush ta’sirida hosil bo‘lgan
“kavitatsiya” ishlanayotgan detal yuzasidagi oksid plenkani yo‘q
qiladi va
tozalangan yuzani kavshar bilan xo‘llanishini ta’minlaydi (13.19-rasm).
13.19-rasm.
1- magnitostriksion o‘zgartirgich;
2- kavshar asbobi sterjeni; 3- erigan kavshar;
4- qotgan kavshar;
5- oksidlar qoldiqlari;
6- kavsharni asosiy metal bilan aralashgan
qatlami; 7- asosiy metal;
8- erigan kavsharning toza asosiy metal bilan
birikkan yuzasi; 9- kavitatsion pufakchalar;
10- oksid plenka;
11- isituvchi chulg‘am;
12- elektrik tebranishlarni va qo‘shimcha
magnitlarni qo‘zg‘atuvchi chulg‘am.
Ultratovush payalnigi ishchi sterjeni 2 isituvchi chulg‘am 11 bilan
qizdiriladi, u esa kavshar 3 ni eritadi. Erigan kavshar asosiy metal 7 choki yuzasi
bo‘yicha yoyilib oqadi. Payalnik sterjenida chulg‘am 12
orqali ultratovush
tebranishi uyg‘otiladi. Buning natijasida hosil bo‘lgan kavitatsion pufakchalar 9,
oksid plenkani 10 vayron qiladi. Bunda erigan kavshar 3 asosiy metalning toza
yuzasi 8 ga bemalol oqib boradi. Yemirilgan oksid plenka qoldiqlari kavshar tashqi
yuzasiga qalqib chiqadi.
13.21. Materiallarni elektronlar nuri bilan ishlash
Bu usulda uchi o‘tkir fokuslashtirilgan katta tezlikda harakatlanayotgan
elektronlar oqimidan foydalaniladi. Elektronlar oqimi (elektronli nur) L (13.20-
(
5
.
3
)
329
rasm) ning kinetik energiyasini ishlov berilayotgan materialga 5 yo‘naltirib, uni
issiqlik energiyasiga aylantiriladi. Cho‘g‘langan volfram ipi (katod 1)
ajratadigan
juda zich elektronlar oqimi tezlashtirilgach, elektromagnit linza 4 yordamida aniq
fokuslantirilib, zagotovkaga yorug‘lik nuriga yaqin tezlikda yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: