95
V BOB
BAZALASH
5.1. Bazalash asoslari
Mashina yaxshi - to‘g‘ri ishlashi uchun uning detallari va qismlari bir-
birlariga nisbatan talab qilingan aniqlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
Xuddi
shunday, ishlanayotgan detal stanokning mexanizm va qismlariga nisbatan to‘g‘ri
o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bu masala lozim bazalarni belgilash bilan hal qilinadi.
Baza deb detalning yuzalarini, chiziqlarini
va nuqtalarini majmuasiga
(yig‘indisiga) aytiladi. Bazalarga qarab boshqa mahsulot detallarini yoki shu
detalning boshqa yuzalari ishlashda yoki o‘lchashda foydalaniladi.
Qattiq jismni fazoda qo‘zg‘almasligini to‘la ta’minlash uchun, uni 6 ta
erkinlik darajasidan: 3 ta kordinata o‘qlari bo‘yicha ilgarilanma surilishdan va 3 ta
shu o‘qlar atrofida aylanishdan mahrum qilish kerak.
Nazariy mexanikaning
qoidalari bo‘yicha prizmatik shakldagi jismni fazoda moslamaga o‘rnatish uchun
uning pastki A yuzasini (o‘rnatish bazasi) uchta ushlab turuvchi “a” bilan, tekislik
XOY bilan bog‘lanish lozim (5.1-rasm).
Bu bilan prizmatik jism o‘zining uchta erkinlik darajasidan ajraladi: Z o‘qi
bo‘ylab surilishdan va X hamda Y o‘qi atrofida aylanishdan. Yana 2
ta erkinlik
darajasidan mahrum qilish uchun yon yuza B (yo‘naltiruvchi bazasi) 2 ta ushlab
turuvchi b, bilan tekislik ZOY bilan bog‘lanishi kerak. Bunda prizma X o‘qi
bo‘ylab surilishdan va Z o‘qi atrofida aylanishdan mahrum bo‘ladi.
Bu bilan
prizmatik jism o‘zining ikkita erkinlik darajasidan ajraladi.