1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Tekshiruv savollari 
 
1.
Sistematik xatolik qanday xatolik? Tasodifiy xatoliklarchi? 
2.
Stanokni aniqlik harakteristikalari nimalardan iborat? 
3.
Stanokni yo‘naltiruvchilari yeyilishi aniqligiga qanday ta’sir qiladi? 
4.
Keskich yeyilishini aniqlikka ta’siri qanday? 
5.
Stanok-moslama-asbob-detal tizimi deformatsiyasi ostidagi xatoliklar 
qanday? 


94 
6.
Keskichni harorat deformatsiyasi ishlash aniqligiga qanday ta’sir qiladi? 
7.
Detalni harorat deformatsiyasini aniqlikka ta’siri qanday? 
8.
Mashinaning sifati deb nimaga aytiladi? 
9.
Sifat ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 
10.
Buyumni sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning qanday usuli mavjud? 
11.
Buyumning ishonchliligi deb nimaga aytiladi? 
12.
Ishlash qobiliyati deb nimaga aytiladi? 
13.
Uzoq muddat ishlash deb nimaga aytiladi? 
14.
Tayyor mashinani qabul qilib olishda quyumni qanday sifat 
ko‘rsatkichlariga taqsimlanadi? 


95 
V BOB 
BAZALASH 
5.1. Bazalash asoslari 
 
Mashina yaxshi - to‘g‘ri ishlashi uchun uning detallari va qismlari bir-
birlariga nisbatan talab qilingan aniqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Xuddi 
shunday, ishlanayotgan detal stanokning mexanizm va qismlariga nisbatan to‘g‘ri 
o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bu masala lozim bazalarni belgilash bilan hal qilinadi. 
Baza deb detalning yuzalarini, chiziqlarini va nuqtalarini majmuasiga 
(yig‘indisiga) aytiladi. Bazalarga qarab boshqa mahsulot detallarini yoki shu 
detalning boshqa yuzalari ishlashda yoki o‘lchashda foydalaniladi. 
Qattiq jismni fazoda qo‘zg‘almasligini to‘la ta’minlash uchun, uni 6 ta 
erkinlik darajasidan: 3 ta kordinata o‘qlari bo‘yicha ilgarilanma surilishdan va 3 ta 
shu o‘qlar atrofida aylanishdan mahrum qilish kerak. Nazariy mexanikaning 
qoidalari bo‘yicha prizmatik shakldagi jismni fazoda moslamaga o‘rnatish uchun 
uning pastki A yuzasini (o‘rnatish bazasi) uchta ushlab turuvchi “a” bilan, tekislik 
XOY bilan bog‘lanish lozim (5.1-rasm). 
Bu bilan prizmatik jism o‘zining uchta erkinlik darajasidan ajraladi: Z o‘qi 
bo‘ylab surilishdan va X hamda Y o‘qi atrofida aylanishdan. Yana 2 ta erkinlik 
darajasidan mahrum qilish uchun yon yuza B (yo‘naltiruvchi bazasi) 2 ta ushlab 
turuvchi b, bilan tekislik ZOY bilan bog‘lanishi kerak. Bunda prizma X o‘qi 
bo‘ylab surilishdan va Z o‘qi atrofida aylanishdan mahrum bo‘ladi. Bu bilan 
prizmatik jism o‘zining ikkita erkinlik darajasidan ajraladi. 


96 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin