texnologik o
‘
lchamlarni hisoblash,
mexanik
ishlov bershish aniqligini ta’minlash, mashina detallarini ishlab chiqarish
texnologiyasini yaratish, texnologik jarayonni marshrutini tuzish, qiytimlarni
hisoblash, zagotovkalarni ishlash operatsiyalarini ishlab chiqish, progressiv
texnologik
jarayonlarni yaratish,
ko‘plab va donalab ishlab chiqarish texnologik
jarayonlarini yaratish, yuzalarni ishlash usullari, metallarni elektrofizik va
elektroximik ishlash, mashinasozlikda yig‘ish texnologik jarayonlari va boshqa
bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
UO‘K: 531/534(075.8)
KBK: 34.41ya73
ISBN 978-9943-993-78-5
© Hidoyatov A.V.
© «Tafakkur-bo‘stoni», 2020
3
KIRISH
Hozirgi zamon texnikasini va texnologiyasini rivojlanish darajasi, yangi
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan takomillashgan, avtomatlashgan, yuqori
aniqlikka ega bo‘lgan mashinalarni ilm-fanda erishilgan eng yangi yutuqlaridan
foydalanish bilan belgilanadi.
Mashinasozlik xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlariga yangi texnikani
yetkazib beradi. Shuning uchun bu masalaga birinchi darajali deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasining oxirgi yillar ichida mashinasozlikni rivojlantirish
konsepsiyasiga ko‘ra respublikada mashinasozlik ishlab chiqarish korxonalarini
rivojlanishiga olib kelmoqda.
Mashinasozlik texnologiyasi amaliy injenerlik - muhandislik va ilmiy
fanlarning yig‘indisi bo‘lgan kompleks fan hisoblanadi. Mashinasozlik
texnologiyasi - bu mashinalarni kerakli sonda va sifatda amaliy tayyorlash, ishlab
chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarish programmasini belgilash va tannarxini
iqtisodiy kamaytirish bilan tayyorlash kiradi.
Shunday qilib mashinasozlik texnologiyasi – bu talab qilingan aniqlikda,
sifatda va ma’lum sonda, aytilgan vaqt ichida kam harajatli mashinalar
tayyorlashdir.
Texnologiya yunoncha so‘zlar yig‘ilmasidan iborat bo‘lib “texno - san’at,
mahorat, uddalash” usulini ifodalaydi, “logos - o‘qitish” so‘zini bildiradi.
Hozirgi zamonda eng dolzarb masalalardan biri ishchining va texnologning
og‘ir qo‘l mehnatini kamaytirib, ish o‘rinlariga mexanizatsiya, avtomatizatsiya
kirgizib, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va ortiqcha ishchi kuchlarini,
boshqa ishlarni bajarishga jalb qilishdir. Masalan: bitta dastur bilan
boshqariladigan stanokni ishlab chiqarishga qo‘llash, 3-4 ishchi kuchini qo‘l
mehnatidan, avtomatik tizim (liniya) esa 30 tagacha ishchini va avtomatlashtirilgan
uchastka esa 60 ta ishchini qo‘l mehnatidan ozod qiladi.
Fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jadal sur’atlar bilan qo‘llash
uchun, yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash zarur, bu esa o‘z navbatida
4
Respublikada mashinasozlik korxonalarini rivojlanishga olib keladi, yangi
materillarni yaratilishi (kompozit, asbobsozlik materiallari, o‘ta yengil alyuminiy
qotishmalari,
elektrofizik-ximik
ishlov
berish
usullarini
qo‘llash,
nanotexnologiyani kirib kelishi, mashinasozlikda olamshumul yangiliklarni
yaratishga olib keladi.
Mashinasozlikga shu jumladan aviatsiyaga, avtomobilsozlikka va boshqa
sohalarga nanotexnologiyani kirib kelishi, yangi texnologiyalar yaratilishining
yangi
avlodini
keltirib
chiqarmoqda.
Mashinasozlikni
rivojlanishida
nanotexnologiyani qo‘llanilish sohalariga quyidagilar kiradi: o‘ta yengil
materiallar, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan, korroziyaga, yeyilishga chidamli,
issiqbardosh, bikr materiallar, ularning konstruksiyalarini massasini, hajmini
o‘lchamlarini
kamaytirishiga olib
keladi.
Nanostrukturali
materiallardan
foydalanib, nuqsonsiz yuza qoplamalarini yaratish; bu qoplamalar bilan
kuchlanishli yuzalarni qoplash, samolyot tashqi yuzasini yaxlamasligini oldini
olish, turli xildagi: kley, lak, kraska, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirishga,
darzlarni, yoriqlarni kattalashuviga qarshilik qiladi.
Nanotexnologiya yordamida galvanik qoplamalar, germetik kleylar va yangi
kompozit materiallar yaratilmoqda, hozirgi zamonda, kelajagi porloq bo‘lgan
konstruksion material nanokompozit yaratilgan. Nanokompozitlar keramika
matritsali asosida, metal matritsa asosida va polimer matritsa asosida ishlab
chiqarilmoqda. Nanokompozit – bu ko‘p komponentli qattiq material bo‘lib, har
bir komponent o‘lchamlari 100 nanometr dan oshmaydi.
Mashinasozlik texnologiyasi o‘zini rivojlanish davrida bir qancha
bosqichlarni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich 1929-1930 yillargacha bo‘lgan davrda,
bu davrda mamlakat sanoatining rekonstruksiya qilish, tashqi davlatlar bilan shu
sohadagi aloqalar natijasida, turli jurnallarda maqolalarni nashr qilinishi,
loyihalash institutlarini normativlari ishlab chiqish davriga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi
bosqich 1930-1941 yillar, bu davrda oldingi bosqichda to‘plangan tajribalar
asosida, texnologik jarayonlar tuzishning ilmiy prinsiplari ishlab chiqildi. Uchinchi
bosqich 1941-1970 yillar, bu davrda mashinasozlik texnologiyasi gurkirab
5
rivojlandi. Mashinasozlik texnologiyasini ilmiy asoslari yaratildi. Texnologik
jarayon loyihalashning yangicha usullari yaratila boshlandi. Aniqliklarning
o‘lchash usullari, baholash mezonlari yaratildi. B.S.Korsakov tomonidan yig‘ish
texnologiyasini sistemasi yaratildi. To‘rtinchi bosqich 1970-yildan hozirgi
davrgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda mashinasozlik
texnologiyasi fundamental va umuminjenerlik fanlaridan foydalanib mashinasozlik
texnologiyasini nazariy muommolarini va amaliy masalalarini yechib kelmoqda.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklarni, robotlarni va avtomatlashtirilgan
yig‘uv sexlarini texnologik jarayonlarini boshqarishda kompyuterlardan
foydalanish, texnologik jarayonlarni avtomatik loyihalash tizimlarini yaratilishi,
kompazitsion materiallarni qo‘llanilishi, nanotexnologiyani kirib kelishi va 3D
printer kompyuterlarini qo‘llanilishi bilan harakterlanadi.
Mashinasozlik texnologiyasini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari.
1. “Mashinasozlik texnologiyasi – bu ilmiy fanning amaliy natijasidir.
Texnologiya to‘g‘risidagi o‘rganishlar sexlardan boshlanadi, agar shu o‘rganish
bo‘lmasa texnologiyalarning ishlari besamar bo‘lar edi” – degan “Mashinasozlik
texnalogiyasi” fanining asoschisi A.P.Sokolovskiy.
2. Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy-amaliy fan bo‘lib, uning juda katta
qismi nazariy asosga egadir, u o‘z tarkibiga turdosh texnologik jarayonlarni
o‘rganishni, guruhli ishlov berishni, SMAD sistemasining bikirligini, ishlash
jarayonining aniqligini, xom-ashyolarni ishlaganda o‘lchamlarining tarqalish
maydonini, moslama xatoligini, mexanik ishlov berishning, metalning holatiga,
xom ashyoning yuza qatlamiga va uning eksplutatsiya qilish xususiyatiga ta’sirini,
ishlov berish qiytimini, texnologik jarayonining unumdorligini va istisodiy
tejamkorligini va konstruktorlik va texnologik bazalarni va boshqa nazariy
bilimlarni o‘z ichiga oladi.
3. Mashinasozlik texnologiyasi – texnologik jarayonlarni o‘rganish,
homashyolarga ishlov berish natijasida o‘lchamlarning va shakllarning o‘zgarishi,
qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beruvchi sifatli buyum ishlab chiqarish haqidagi
fandir.
6
4. Mashinsozlik texnologiyasi – ilm-fan sifatida o‘zbek va chet el olimlari
tomonidan berilgan nazariy ishlanmalar, hamda ishlab chiqarishdagi navator
ishchilarning ma’lumotlari asosida rivojlanadi.
5. Mashinsozlik texnologiyasi fan sifatida u ishlab chiqarishdagi yig‘uv
ishlarini savollariga javob berish bilan tugaydi.
6. Mashinsozlik texnologiyasi mashinasozlik sohasidagi asosiy ixtisoslik
fanlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, u bakalavrlarni bilim darajasini oshirishga
xizmat qiladi.
Mashinasozlik tehologiyasini birinchi rivojlanish davri ishlab chiqarish
sanoati tashkil topgan vaqtdan boshlangan. Keyingi yillarda mashinasozlik
texnologiyasini rivojlanish bosqichlarida u fan sifatida shakllandi.
Mashinasozlik texnologiyasining asosiy, zamonaviy kelajagi va o‘sish
yo‘nalishlarini mashinasozlik texnologiyasida qirqish rejimlarini optimallashtirish,
seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, texnologik jarayonlarni boshqarish,
eksplutatsiya qilinayotgan, tayyorlanayotgan va yig‘ilayotgan mashinalarni sifatini
oshirishni, yangi texnologik uslublarini yaratish, nazariy va texnik ilmiy
yo‘nalishlarini
asosan
matematik
modellashtirishni,
3D
printer
kompyuterlashtirishni,
robototexnikani,
metallofizikani,
kompozitsion
materiallarni va nanotexnologiyani qonunlariga asoslanib rivojlantirish.
Uning fan bo‘lib yaratilishida quyidagi olimlar B.S.Balakshin,
V.S.Korsakov,
M.E.Yegorov,
B.M.Kovan,
A.I.Kashirin,
A.A.Matalin,
A.P.Sokolovskiy
va
o‘zbek
olimlari
M.T.O‘rozboyev,
T.R.Rashidov,
R.G.Mahkamov, X.X.Usmonxodjayev, A.Karimov, O.U.Salimov, G.I.Yakunin,
K.B.Usmonov, G.E.Aliqulov, M.T.Balabekov, M.A.Abralov, E.O.Umarov,
A.A.Muhamedov, N.M.Mo‘minov va boshqalar mashinasolik texnologiyasi faniga
o‘zlarining xissalarini qo‘shib keldilar va qo‘shmoqdalar.
Darslikni yaratishda o‘zlarining qimmatli maslaxatlari bilan qatnashgan
taqrizchilar professorlar D.E.Alikulov, dotsent A.Tojiyevga, hamda kompyuter
grafikasini yaratishda qatnashgan injener J.N.Bigbutayevga muallif o‘z
minnatdorchiligini bildiradi.
|