1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

texnologik marshrut
deb nomlanadi. 
Sexlararo va sex ichida texnologik marshrutlar mavjud. 
Operatsiya texnologik jarayonning asosiy qismi bo‘lib, o‘zining shaxsiy 
tarkibiga ega. 
Operatsiya 
o‘tishlardan (perexodlardan)
tashkil topgan. O‘tishlar 
operatsiyaning asosiy texnologik qismi hisoblanadi. O‘tish-kesuvchi asbobni va 
ishlanayotgan hom ashyoni bir-biriga nisbatan bir marta harakati bilan materialdan 
bir qatlam yo‘nishga tushuniladi. 
Texnologik o‘tish 
– texnologik operatsiyaning tugallangan bir bo‘lagi. 
Texnologik o‘tish bir xil (aynan faqat shu) texnologik ta’minlanish qurollari bilan 
amalga oshiriladi va bunda texnologik rejim ham doimiy, bir xil yoki qonun 
bo‘yicha o‘zgaruvchi rejimda bo‘ladi. Ishlashning qonun bo‘yicha o‘zgarish 
rejimlariga tokar-vintkesar stanogida konus va torets yuzalarini ishlash davrida 
qirqish tezligini o‘zgarishi; list materiallarni egishda rezina bosimining ortishi; 
vint-gaykalarni burab tortganda burash momentining kattalashishi va h.k lar kiradi. 
Texnologik o‘tish
ishlatilayotgan asbob, ishlash natijasida hosil bo‘layotgan 
yuzalar yoki yig‘ish davrida hosil bo‘layotgan yuzalar, hamda texnologik 
rejimlarining bir-xil doimiyligi bilan ifodalanadi. Masalan, freza bilan tekis yuza 
olish; parma bilan teshik ochish, tish yoki rezba frezerlash; parchin mix 
(zaklyopka) bilan ikki detalni yig‘ib birlashtirish, chokini elektr yoy bilan 
payvandlash va h.k. 1.3-rasm a da tokarlik operatsiyasini ikki texnologik o‘tish 
sxemasi berilgan. Agar ishlashda bitta asbob ishtirok etsa, bunday o‘tish 
oddiy
o‘tish deb ataladi. 


16 
 
1.3-rasm. Tokarlik operatsiyasining eskizi. 
a-oddiy o

tishlar; b-murakkab o

tish. 
Agar ishlashda bir necha asboblar bir vaqtning o‘zida ishtirok etsa, bunday 
o‘ishlar yig‘indisi murakkab o‘tish (perexod) deb ataladi (1.3-rasm, b). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin