1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘tishni yoki uning qismlarini bajarayotganda inson harakatlarining  tugallangan qismi (qaror) deb nomlanadi, yoki  ishchi usul (qaror)



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
O‘tishni yoki uning qismlarini bajarayotganda inson harakatlarining 
tugallangan qismi (qaror) deb nomlanadi, yoki 
ishchi usul (qaror)
deyiladi. 
Masalan, zagotovkani moslamaga o‘rnatish, uni mahkamlash, stanokni yurgizish, 
keskichni ishchi holatiga keltirish. Yig‘ishda: ikki detalni birlashtirish. 
Usul (qaror) bir necha qismlardan iborat. Masalan, korpusli detalga rolikli 
podshipnik uzugini presslash, quyidagi usul qismlardan tashkil topadi: uzukni 
qo‘lga olish, uzukni artish, moylash, presslash teshigi ustiga qo‘yish, uzukni 
presslash uni moslamaga qo‘yish, flanetsni unga kiydirish, kalitni olish, unga 


20 
uzukni tortish, gaykani burash, flanetsni olish, tortish moslamasini olish va joyiga 
qo‘yish. 
Тexnologik jarayonni bo‘laklarga bo‘linish sxemasiga misol 1.7-rasmda 
ko‘rsatilgan. 
1.7-rasm. Тexnologik operatsiyani texnologik o‘rnatish, texnologik o‘tish va ishchi 
yurishlarga bo‘linish sxemasi. 1-qora (dastlabki) ishlash; 2-toza ishlash; 3-rezba olish 
(qirqish); 4-chiviqdan (prutokdan) detalni qirqib (ajratib) olish; 5-parmalash; 6-teshikni 
kengaytirish (“rastochka”). 
 
Тexnologik jarayonni yaratish uchun dastlabki hujjatlar: bular detallarni 
(yig‘uv birligi) ishchi chizmalari, zagotovkalarning chizmalari, uzel va detallarga 
qo‘yilgan texnikaviy talablar, asbob - uskunalar bo‘yicha ko‘rsatmalar va har xil 
normativlar. 
Тexnologik jarayon texnologik karta, yig‘uv sxemalari, nazorat texnologik 
kartalari va boshqa hujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi. 
Zavodda yaratilgan texnologik hujjat, zavod bosh texnologi yoki bosh 
injeneri tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi. Тexnologik hujjat ishlab chiqarish uchun 
qonun hisoblanadi. Bu hujjatlarga u yoki bu o‘zgartirish kiritish faqat bosh 
texnolog yoki bosh injenerning ruxsati bilan amalga oshiriladi. 


21 
Yaratilayotgan texnologik jarayonlar mahsulot sifatini oshirishda; mehnat 
unumini ko‘tarishga; mehnat sharoitini yaxshilashga, avtomatlashtirishni keng 
qo‘llashga; mayda seriyadan yirik seriyaga tez o‘tishga; fan-texnikani yangi 
yutuqlarini tez ishlab chiqarishga tadbiq qilishga qaratilishi lozim. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin