1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Yordamchi o‘tish
— bu texnologik operatsiyaning tugallangan qismi 
bo‘lib, u o‘z ichiga odamning va jihozning harakatlarini oladi. Bu harakat davrida 
mehnat buyumlari xossalari o‘zgarmaydi, lekin bu tadbir texnologik o‘tishni 
bajarish uchun zarurdir. 
Yordamchi o‘tishga
misollar: zagotovkani mahkamlash, 
asboblarni almashtirish va h.k. yordamchi o‘tishlarning yig‘indisi deb qarash 
lozim. Texnologik o‘tish mehnat buyumlari holatini o‘zgarishini ta’minlaydi; 
yordamchi o‘tish texnologik o‘tishni bajarilishini taminlaydi.
Ishchi yurish
(proxod) - bu texnologik o‘tishning tugallangan bo‘lagi va 
asbobni zagotovkaga nisbatan bir marotaba surilishidan iborat. Bu davrda 
zagotovkaning shakllari, o‘lchamlari, yuza sifati yoki zagotovka xossalari 
o‘zgaradi. Ishchi yurishlar soni texnologik o‘tishni bajarish davrida, ishlashni 
optimal sharoitini (past tannarxini) ta’minlash nuqtai nazardan tanlanadi. Har 
ishchi yurish
davrida materialdan bir qavat qiytim olinadi. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan bir texnologik o‘tish va bir ishchi yurishda kerakli 
o‘lcham va sifat olish maqsadga muvofiq. Lekin, buni jismoniy tomondan amalga 
oshirib bo‘lmaydigan holatlar yo‘l qo‘ymaydi: keskich mustahkamligi yetarli 
emasligi (qirqishda), pnevmo-bolg‘ani kuchi yetmasligi (yig‘ishda), stanok 


17 
dvigateli quvvatini kichikligi va h.k. 1.4-rasmda texnolgik o‘tishni bajarish 
sxemasi berilgan. 
1.4-rasm. Texnologik o‘tishni bajarish sxemasi. A
3
-zagotovka o‘lchami. 
A

ishlangan yuza o‘lchami, 1,2,3- ishchi yurish sonlari. 
Texnologik o‘tishga yig‘ish davrida bir detalni ikkinchisiga nisbatan kerak 
aniqlikda birlashtirish; termik ishlashda detalni qizdirish, toblash, tozalash kiradi. 
O‘rnatish
- bu texnologik operatsiyaning bir qismi. Bu jismoniy jarayon: 
zagotovkani (detal) yoki yig‘uv birligini (“sborochnaya yedinitsa”) moslamaga 
(konveyerga) kerakli aniqlikda joylab mahkamlanadi. Zagotovka yoki yig‘uv 
birligi o‘rnatilgandan so‘ng, unga ishlash uchun yoki yig‘ish uchun lozim harakat 
beriladi. O‘rnatish zagotovka yoki yig‘uv birligini doimiy (o‘zgarmas) 
mahkamlangan holda amalga oshiriladi. Masalan, frezerlash-markazlash stanogida 
val toretslarini ikki tomondan frezerlash va markazlar ochish (“zatsentrovka”) bir 
o‘rnatishda olib boriladi. Agar bu tokar-vintkesar stanogida olib borilsa, ikki 
o‘rnatishda olib boriladi: val stanokning uch kulachokli patroniga joylab 
mahkamlanadi-o‘rnatiladi va toresti yo‘nilib, markazlar ochiladi. So‘ngra stanok 
to‘xtatilib, zagotovka bo‘shatilib, ishlanmagan toretsni keskich tomonga 
aylantirilib ikkinchi uch tomon toretsi yo‘nilib markaz ochiladi. 
Ishlov berishda yoki yig‘ishda yuqori aniqlikka erishish uchun iloji boricha 
bir o‘rnatishda ishlash kerak; zagotovka yoki detalning moslama yuzalariga, stanok 
yuzalariga nisbatan o‘zgarmasligini-doimiyligini ta’minlash kerak. Buni bitta 
o‘rnatishda ishlash deyiladi. 


18 
Amalda bir qator hollarda detalni bir o‘rnatishda hamma yuzalarini ishlashni 
iloji yo‘q. Masalan mahkamlangan yuzani ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Bu holat mashinalarni yig‘ish davrida ham saqlanib qoladi. Masalan agregat 
bir necha ish o‘rnida yig‘ilsa, bir ish o‘rindan ikkinchisiga ko‘chirilganda u qayta 
o‘rnatiladi: agregatni umumiy yig‘ish bir necha o‘rnatishlar orqali amalga 
oshiriladi. 
Yig‘ish jarayonini ko‘rishda mahsulot uzellarini guruh, va guruhchalarga 
bo‘lish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin