1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Texnologik jarayon
bu ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. 
Texnologik jarayon davrida ishlab chiqarish ob’yektining (material, zagotovka
detal, mashina) sifat holati o‘zgaradi. Sifat holatini o‘zgarishiga materiallarning 
ximik va fizik xossalarining, shakllarining, detallarining (agregatlarining) bir-
biriga nisbatan joylarining, ishlab chiqarish ob’yektini tashqi ko‘rinishining 
o‘zgarishlari kiradi. 
Masalan, mexanik ishlovning barcha turlarida detal yoki zagotovkaning 
shakli va o‘lchamlari o‘zgaradi. Termik va termo-ximik ishlash natijasida 
zagotovka (yoki detal) materiallarining fizik-ximik xossalari o‘zgaradi. Yig‘ish 
davrida detallarning shakllari va bir-birlariga nisbatan joylashish holati o‘zgaradi, 
natijada bu holat yig‘uv birliklari va tayyor mahsulot yig‘iladi. Kraskalash va 
pardozlash natijasida tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi. 
Texnologik jarayonga ishlab chiqarish ob’yektini sifat holatini o‘zgarishi 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, u bilan hamisha bog‘liq hamrox harakatlar (yumushlar) 
ham kiradi. Masalan, sifatni tekshirish, zagotovka va detallarni tozalash 
(payvandlashdan oldin), ba’zida ularni transportirovka qilishdan oldingi nazorat va 
hokazolar kiradi. 
Mashinasozlik texnologiyasi 
- bu texnika ilmiga asoslangan mashina ishlab 
chiqarish jarayoning mohiyati to‘g‘risidagi va texnologik jarayonlarni bir biriga 
bog‘liqligi va ularni rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy va amaliy fandir. 
Mashinasozlikni ishlab chiqarish texnologiyasi
- bu mashinasozlik 
zavodiga kelib tushayotgan materiallar, hom ashyolar, uzellar, mexanizmlar va 
hokazolarni qayta ishlab, yig‘ib, tekshiriladi. Mashinasozlik zavodiga mashina 
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat jarayonlari turlari kiradi. 
Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish vositalari 
kerak. Buni texnologik vositalar bilan ta’minlash deyiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin