1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yig‘ish ishlarini ko‘p mehnat talab qilishi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Yig‘ish ishlarini ko‘p mehnat talab qilishi.
Bu ishlar umumiy mashinani 
ishlab-chiqarish uchun sarflangan mehnatning 30-40% foizini tashkil etadi. Yana 
yig‘uv ishlar murakkablik xususiyatlariga, har xil birikmalarning keng 
qo‘llanilishidir: payvandli, boltli, vintli, kavsharlangan va h.k. Bu operatsiyalarni 
bajarish uchun mahsus dastgohlar, moslamalar lozim: presslar, avtomatlar, robot 
moslamalar, robotlar va h.k. 
Mashinalarda juda ko‘p mexanizmlar, agregatlar ishlaydi. Ularni o‘rnatish, 
sozlash va ishlash ishonchligini ta’minlash kerak.
Mashinasozlik zavodi mashina ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi. Bu 
zavodlarda detallar yasash va buyumlarni yig‘ishdan tashqari buyumga kiruvchi 
barcha qurilmalar, mexanizmlar va apparatlar o‘rnatiladi, hamda ishlatib 
tekshiriladi. Mashina konstruksiyasi, detallardan, uzellardan va agregatlardan 
iborat (1.1-rasm). 
Detal
– bu mahsulotning yaxlit bo‘lagi va bir butun material bo‘lagidan 
yasaladi. Detal yig‘ishning birlamchi yig‘ish qismi hisoblanadi. 
Detal
bu bir jinsli, bir xil materialdan yaxlit tayyorlangan bo‘linmas 
mahsulotdir. 
Bazaviy detal
– bu baza yuzalari bo‘lgan, yig‘uv birligidir, bu yig‘uv 
birligidan foydalanib yuzalarda boshqa detallar yig‘iladi.
Uzel
– buyumning bir qismi bo‘lib, ular alohida yig‘iladi, keyingi yig’ish 
ishlarida u bir butun yig‘ma birlik deb qaraladi. 
Agregat – 
konstruktiv va texnologik tomondan tugallangan mashina bo‘lagi. 
U detallardan va uzellardan tashkil topgan. 
Yig

ma komplekt
– mahsulotni yig‘ish uchun ish joyiga yetkazib 
beriladigan mahsulot qismi. 



Kompleks
– mahsulotning 2-3 qismlaridan iborat mahsuslashtirilgan qismi 
bo‘lib, ular bir-biri bilan biriktirilmaydi, ulardan mashinani eksplutatsion 
funksiyasini bajarish uchun foydalaniladi. 
Komplekt
– ikki yoki undan ortiq mahsulotdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro 
biriktirilmagan buyumlardan iborat bo‘lib, ular ekspluatatsion vazifani bajarish 
uchun mo‘ljallangan (masalan: asbob-uskunalar, ehtiyot qismlari va boshqalar). 
Konstruktorlik va texnologik yig‘ma birliklarni agregatlar tashkil qiladi. 
Bularga tezliklar qutisi, uzatish tezliklari qutilari va boshqalar kiradi. 
O‘z vazifasini mahsulotda yoki alohida o‘zi mustaqil bajara oladigan yig‘ma 
birlik turi agregatdir. Agregatlardan yig‘ilgan mahsulot agregatli yoki modulli 
deyiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin