I BOB MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI 1.1. Mashinalarni ishlab chiqarishning xususiyatlari Mashinalarni ro‘yobga chiqarish bir qancha murakkab jarayonlarni o‘z
ichiga oladi: bu loyihalash, ishlab chiqarish va mashinalarni sinash. Amalda,
odatda tajribaviy namunaviy mashinalarni loyihasi tajriba-loyihalash byurosida-
“opitno-konstruktorskoye byuro (OKB)” da amalga oshiriladi. Mashinalar asosan
seriyalab ishlab chiqariladi. Bu namunaviy mashinalarni ishlab chiqarishni tajriba
sexlarida bajariladi. Mashinasozlikda mashinalarni ishlab chiqarish xususiyatlari
uning o‘lchamlari, vazifalari va ularga qo‘yilgan taktik-texnik talablarga bog‘liq.
Mashinasozlik mahsulotlari o‘zining bir-qator xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Mashinasozlikni ko‘p detalliligi va ularning turli-tumanligi. Mashinasozlikda har xil mexanizmlar, dvigatellar, asbob-uskunalar, o‘lchagichlar
soni juda ko‘p. Detallarning sonlari va turlari juda ko‘pdir. Bular har xil texnologik
jarayonlarni qo‘llashni talab qiladi.
Ishlatilayotgan materiallarning turlari. Mashinasozlikda
turli
materiallardan foydalaniladi. Materiallardan buyum yoki mashina detallari
tayyorlanadi. Mashinasozlikda quyidagi materiallarning turlaridan foydalaniladi:
cho‘yanlar, po‘latlar va ularning qotishmalari, rangli metallar va ularning
qotishmalari, plastmassalar, rezinalar, metalkeramikalar, kompozitsion materiallar,
nanokompozitlar va boshqalar. Ushbu materiallarning ko‘pchiligi ishlashning
yangi texnologik jarayonlarini qo‘llashni talab qiladi.
Mashinasozlik detallari shakllarning murakkabligi. Ba’zi mashina
detallarini bikrsizligi (nejostkost) va murakkabligi mahsus ishlov berishni talab
qiladi. Masalan, qanot qoplamalari, o‘lchamlari katta oddiy tunika list tarzida bikr
bo‘lmagan shaklda bo‘ladi. Bularni ishlash uchun mahsus texnologiya va mahsus
dastgohlar kerak. Mashina detallarini o‘lchamlari bir necha millimetrdan (vint,
gayka va hokazo) bir necha metrgacha boradi. Bu ham mashinalarni ishlab
8
chiqarishni qiyinlashtiradi. Jami bo‘lib, yig‘ilish davrida aniq o‘lchamlarni olishni
qiyinlashtiradi. Shuning uchun mashinasozlikda ishlash va yig‘ish aniqligini olish
uchun mahsus usullar qo‘llaniladi.