1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Mashinasozlikni ishlab chiqarish turlari



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
1.4. Mashinasozlikni ishlab chiqarish turlari 
 
Aholining, xalq xo‘jaligining va mamlakat mudofasi ehtiyojlari asosida bir 
yoki bir necha zavodlarda mahsulotlar har xil hajmda ishlab chiqariladi. 
Тajriba uchun yoki noyob (“unikalniy”) mahsulotlar bir necha dona ishlab 
chiqariladi. Masalan, namunaviy samolyot, planetalararo raketalar, katta quvvatli 
bug‘ va gidroturbinalar. Avtomobil, qishloq xo‘jaligi mashinalari kabi mahsulotlar 


28 
ko‘plab chiqariladi. Parchin mixlar (“zaklyopkalar”), boltlar, vintlar, soatlar, 
sharikli podshipnik kabi mahsulotlar juda ko‘plab-millionlab ishlab chiqariladi. 
Bir oy mobaynida bajarilgan yoki bajarilishi lozim bo‘lgan barcha har xil 
texnologik operatsiyalar sonini (
O
), ish joylari soniga (
R
) nisbati 
operatsiyalarni 
biriktirish koeffitsiyenti
deyiladi. 
(1.15)
 
Operatsiyalarni 
biriktirish 
koeffitsiyenti 
ishlab 
chiqarish 
turlari 
harakteristikalarining asosiylaridan biri hisoblanadi. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda mashinasozlikda asosan uch xil 
ishlab chiqarish, turlari mavjud: 
ommaviy ishlab chiqarish, seriyali ishlab 
chiqarish, donabay ishlab chiqarish yoki namunaviy ishlab chiqarish.
Ommaviy ishlab chiqarish
- bu shunday ishlab chiqarish turi bo‘lib, bunda 
bir xil mahsulot o‘zgarmas chizmalar asosida uzoq muddatda ko‘plab to‘xtovsiz 
ishlab chiqariladi. Ish o‘rinlarida unga biriktirilgan bir xil operatsiya to‘xtovsiz 
vaqti-vaqti bilan takrorlanib bajariladi. 
Ommaviy ishlab chiqaruvchi zavodlarning mahsulotlari standart tipidagi 
keng ishlatiladigan mahsulotlardir: avtomobil, radiopremnik, traktor, soat, sharikli 
podshipnik, fotoapparat va boshqalar. 
Ommaviy ishlab chiqarishning xususiyatlari: 
1.
Тexnologik jarayonni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jihozlarini 
keng qo‘llab, juda sinchiklab tuzilgan bo‘ladi. 
2.
Asbob-uskunalar, 
moslamala, 
umuman 
texnologik 
jihozlar 
mahsuslashtirilgan bo‘ladi. 
3.
Moslamalarga zagotovkani o‘rnatish, mahkamlash ish tugagach uni olish 
hamda stanokni oddiy ish rejimida yurishini boshlash va to‘xtatish 
avtomatlashgan yoki mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. 
4.
Ishchilar malakasini yuqori emasligi. Chunki, ish o‘rinda har doim bir xil 
takrorlanadigan oddiy operatsiya bajariladi. Shu bilan bir qatorda 
yordamchi ishchilarning malakasi ancha yuqori bo‘ladi. Bularga 
sozlovchilar (“naladchiki”), ta’mirlovchi slesarlar, asbobchilar va 


29 
hokazolar kiradi. 
5.
Detallarni ko‘pchiligini tayyorlashda ishlab chiqarishni uzluksiz 
(“potochniy”) usulini qo‘llash mumkin bo‘ladi. 
Ommaviy ishlab chiqarish uchun 
K
o.b
=1. Seriyali ishlab chiqarishda 
mahsulot (samolyot, avtomobil, traktor) seriyalab (partiyalab) ishlab chiqariladi. 
Тa’mirlash ham seriya (partiya) mahsuloti ustida olib boriladi. Тexnologik jarayon 
vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. 
Samolyotlarni seriyalab ishlab chiqarishda bosh samolyotni quyidagicha 
ta’riflaydilar, ya’ni shu zavodda chiqarilgan birinchi samolyot (bosh samolyot) 
yoki birinchi seriya (bosh seriya) samolyotlari degan ifodalar ham ishlatiladi. 
Seriyali ishlab chiqarish xususiyatlari: 
1. Тexnologik jarayon donalab ishlab chiqarishga nisbatan ancha batafsil 
yaratiladi; ya’ni texnologik operatsiyalar, o‘tishlar va ishchi yurish bo‘yicha 
tafsilotlar to‘liq ko‘rsatiladi. 
2. Universal texnologik jihozlar bilan bir qatorda ko‘p miqdorda mahsus 
asbob-uskuna, moslama va asboblar ham qo‘llaniladi. 
3. Detallarni, agregatlarni tayyorlashda va tayyor mahsulotlarni tekshirishda 
o‘lcham va shakllarni aniq tekshiruvchilari - andoza (shablon) lar, etalonlar va 
maketlar qo‘llaniladi. Bu ayniqsa samolyotsozlikda keng qo‘llaniladi. 
4. Sexlardagi texnologik jihozlar, texnologik operatsiyalarning ketma-
ketligini hisobga olgan holda joylashtiriladi. 
5.Mahsus asbob-uskunalar, stanoklar va yig‘ish moslamalari bo‘lishiga 
qaramasdan ishlarning ko‘pchilik qismi o‘rta malakali ishchilar tomonidan 
bajariladi. 
6. Detallarni ishlashda, agregat va samolyotlarni yig‘ishda ba’zi 
uchastkalarda uzluksiz ishlash tizimlari (potochniy linii) tashkil qilinadi. 
Umuman, seriyalab ishlab chiqarish mahsulotlari bular tayin turg‘un 
mashinalardir: metal qirquvchi stanoklar, nasoslar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik 
mashinalari, avia dvigatellar va h.k. 


30 
O‘z navbatida seriyalab ishlab chiqarish seriyadagi mahsulotlarning soniga 
qarab uch turga bo‘linadi: yirik seriyali, o‘rta seriyali, mayda seriyali. 
Yirik seriyali ishlab chiqarish uchun 1 < 
K
o.b
<10; o‘rta seriya uchun 10<
K
o.b
< 20; mayda seriya uchun 20<
K
o.b
<40. 
Yuqorida ko‘rsatilganidek, seriyalab ishlab chiqarishning xususiyatlari bor. 
Shu tariqa yirik, o‘rta, mayda seriyalab ishlab chiqarishning ham o‘z xususiyatlari 
bor. 
Yirik seriyali ishlab chiqarishda texnologik jihozlar ishlanayotgan buyumlar 
bo‘yicha joylashtiriladi. Zagotovkalar kerakli rejim va o‘lchamlarga sozlangan 
stanoklarda ishlanadi. Mahsus, mahsuslashtirilgan va universal texnologik 
jihozlarda olib boriladi. Guruhdagi detallar soni bir necha yuz donani tashkil etadi. 
O‘rta seriyada jihozlar zagotovkalarni ishlash bosqichlari bo‘yicha 
joylashtiriladi. Har bir stanokka bir necha texnologik operatsiyalarni bajarish 
yuklatiladi. 
Bunda texnologik jihozlar qayta sozlanadi. Ishlanayotgan detallar soni bir 
necha o‘nlikdan yuztagacha bo‘ladi.
Mayda seriyada jihozlar turlari bo‘yicha joylashtiriladi: tokarlik stanoklar 
uchastkasi, frezerlash stanoklar uchastkasi va h.k. Jihozlar har bir texnologik 
operatsiyani bajarish uchun sozlanmaydi. Asosan universal jihozlar qo‘llaniladi. 
Bir necha dona mahsulot yasaladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin