1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


uzluksiz (potochniy) va  uzlukli



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

uzluksiz
(potochniy) va 
uzlukli 
(nepotochniy) ishlab chiqarish. 
Uzluksiz ishlab chiqarishda ishchi o‘rinlari (texnolgik jihozlar) operatsiyalarni 
bajarish tartibi bo‘yicha joylashtiriladi. 
Uzluksiz
ishlab 
chiqarish 
usulida 
detallarni 
zagotovkalari 
yoki 
yig‘ilmayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida doimo harakatda bo‘ladi. 
Bu harakat doimiy kattalikdagi 
takt bilan
bajariladi. Bu nima degani? Bu degani, 
birinchi operatsiyaga tushgan zagotovka ishlanib bo‘lgach, ikkinchi operatsiyaga 
suriladi, ikkinchi operatsiya tugagach uchinchiga uzatiladi; shu tarzda oxirgi 
operatsiyagacha uzatiladi. 
Uzlukli
ishlab chiqarish usulida detallarni zagotovkalari yoki yig‘ilayotgan 
mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida doimo harakatda bo‘ladi. Bu harakat turli 
kattalik va kichiklikdagi takt bilan bajariladi. Bu nima degani? Bu degani – 


32 
ishlanayotgan detal homashyolari yoki yig‘ilayotgan buyumlar – birinchi 
operatsiyadan ikkinchisiga, ikkinchi operatsiyadan uchinchisiga va to‘rtinchisiga 
operatsiyalarni davom etish vaqtiga qarab, turli xil vaqtlarda ya’ni taktlarda 
uzatiladi, ya’ni detal homashyosi yoki yig‘ma buyum yoki uzel operatsiyalar 
oralig‘ida turib qoladi. 
1.9-rasm. Stanoklarni joylashish sxemasi. 
a-uzlukli ishlab chiqarishda; b-uzluksiz ishlab chiqarishda. 
Тayyor detal yig‘ishga beriladi. Bir operatsiya bilan ikkinchi operatsiya 
davrida zagotovkani ishlash uchun ketgan vaqt – 
bu takt vaqtidir
. Demak, 
yigishga tayyor detal har ma’lum vaqtda (taktda) berib turiladi. 
Тayyor detallarni (yig‘uv birikmalarini) ishlab chiqarish taktini 
t
d
deb 
ifodalasak, 
(1.16)
 
bu yerda, 
- rejalashtirilayotgan davrdagi (yil, oy, sutka, smena) haqiqiy vaqt 
fondi: soat o‘lchamida
N
- ishlab chiqarish hajmi (shu davrdagi), dona. 
Haqiqiy vaqt fondi asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ketgan vaqtini 
hisobga oladi va shu bilan kalendar (nominal) vaqt fondidan farq qiladi. 


33 
Asbob-uskunalarning nominal (kalendar) ishlash vaqti fondi bir smenalik ish 
uchun 2070 soatni tashkil etadi; ikki smenlik uchun 4140, uch smenlik uchun 6210 
soatni tashkil etadi. Haqiqiy fond esa 2030, 4015, 5965 soatni tashkil etadi. 
Ishchining nominal vaqt fondi 2070 soatni tashkil etadi, haqiqiysi esa 1860 
soatni (bu 15 kunlik ta’til hisobida). 
Uzluksiz ishlab chiqarishda har bir operatsiya ma’lum ish o‘rni (joyi) bilan 
bog‘liq. Har bir ish o‘rnida aniq bir xil ish bajariladi. Ish o‘rinlari operatsiyalarning 
ketma - ketligi tartibida joylashgan. 
Uzluksiz ishlab chiqarish detallarni ishlash yoki mashina yig‘ish 
texnologiyasini tuzish bilan boshlanadi. 
Тuzilayotgan texnologik jarayonga, tanlanayotgan moslamaga, asbob-
uskunalarga eng katta ta’sir qiladigan faktorlar - bu 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin