1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shaxsiy zaruriyatlar uchun sarflanayotgan vaqt



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Shaxsiy zaruriyatlar uchun sarflanayotgan vaqt
- bu ham bir dona detal 
uchun sarflanayotgan vaqtning bir qismi. Bu inson tomonidan shaxsiy zaruriyatlar 
uchun sarflanadigan vaqt. Bunga qattiq, charchatadigan ishlar davrida qo‘shimcha 
dam olish vaqti ham kiradi. Operativ vaqtga nisbatan 2.5% hajmida olinadi. 
Amalda bir dona detal uchun sarflanadigan vaqt quyidagi soddalashtirilgan 
ifoda bo‘yicha aniqlanadi: 
(1.12)
 
bu yerda, 
α, β, 
- operativ vaqtga nisbatan texnik xizmat, tashkiliy xizmat va 
shaxsiy zaruriyat vaqtlarining salmoq qismlarini ko‘rsatuvchi koeffitsiyentlar. 
α, β, 
larning qiymatlari operatsiya bajarilishi sharoitiga qarab normativlar bo‘yicha 
aniqlanadi. Yig‘ish ishlar uchun α =0. Avtomatik jihozlar ishlatilganda 
(1.13)
 
Zagotovkalarni guruhlab (“partiyalab”) ishlaganda tayyorlab tugatish vaqti 
(
t
TT
) aniqlanadi. Bu vaqt ishni bajaruvchini (yoki bajaruvchilarni) hamda 
texnologik jihozlarni texnologik operatsiyani bajarishga tayyorlash va guruhni 
(partiyani) ishlab bo‘lgach yuqoridagilarni tartibga solib qo‘yishga sarflanadi. 
Bunda ishchi chizma bilan tanishadi, asbob-uskunalar tayyorlanadi va sozlanadi. 
moslama va keskichlar tayyorlanadi va sozlanadi, moslama va keskichlarni 
yig‘ishtiriladi, bajarilgan ish topshiriladi. 
Avtomatik ishlashda bu vaqt asosan texnolgik jihozlarni (avtomat stanok, 
tizim va h.k.) sozlash uchun sarflanadi. Bu vaqt texnologik jihozlarga, sozlash 
harakteriga, bajarilayotgan ish harakteriga bog‘liq. Lekin, guruhdagi detallar 
hajmiga bog‘liq emas. Ma’lum operatsiyani bajarishda bir guruhni ishlash uchun 
ketgan vaqt quyidagicha aniqlanadi. 
(1.14)
 
Bu yerda, 
n
- guruhdagi zagotovkalar soni.


27 
Alohida texnologik operatsiyani ham, butun jarayonni ham bajarish uchun 
lozim bo‘lgan vaqt sarfini aniqlash juda muhim masaladir. Bu texnik 
normallashning asosiy masalalaridan biridir. Тexnik normallash - bu ishlab 
chiqarish resurslari (energiya, homashyo, materiallar, asboblar, ish vaqti va h.k.) ni 
texnikaviy asoslab belgilashdir. 
Ishlab chiqarishni normalash va rejalash uchun vaqt normasi ishlatiladi. 
Biror operatsiyani yoki butun texnologik jarayonni yetarli ishlab chiqarish 
sharoitida bajarish uchun o‘rnatilgan-belgilangan - normallashtirilgan, lozim 
malakali mehnat hajmi kattaligi-miqdori vaqt normasi deyiladi. Vaqt normasi vaqt 
birligida o‘lchanadi (soat, minut) va ish malaka darajasi ko‘rsatiladi. Masalan, 5 - 
razryad malakali 10 soat. 
Kam mehnat talab qiladigan operatsiyalar uchun vaqt normasini belgilash 
ancha murakkab, chunki u minut (hatto sekund)ning ulushlari bilan o‘lchanadi. 
Bunday hollarda bunga teskari o‘lcham-ishlab chiqarish normasi deb, vaqt 
birligida (minut, soat) ishlab chiqishga belgilangan zagotovkalar, detal, mahsulot 
miqdoriga aytiladi. Ish malakasini ko‘rsatish bilan o‘lcham birligi sifatida vaqt 
birligi ichida bajarilgan mahsulot soni belgilanadi. Masalan. 1200 dona detal bir 
soatda 3-razryadli malaka ishi bilan bajariladi. 
Тexnologik jarayonga kiruvchi barcha texnologik operatsiyalarni vaqt 
normalarini bilib, unga sarf qilingan mehnat hajmini aniqlash mumkin. Ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotni bir donasini yasashdagi texnologik jarayonga 
sarflanayotgan mehnat miqdori (soatlar hisobida) mehnat hajmi deyiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin