1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
1.3. Vaqt normasi 
 
Yuqorida ko‘rsatilganidek, texnologik operatsiya bu texnologik jarayonning 
asosiy hisob-kitob qismidir. Тexnologik operatsiyani bajarishda, malakali 
ishchining ma’lum mehnati sarflanadi. Sarflangan mehnat detalni tayyorlab 
bajarish uchun ketgan vaqt bilan o‘lchanadi. 
Тexnologik jarayonni (yoki uning bir qismini) bajarish uchun ishchi 
tomonidan sarflangan vaqt hajmi 
mehnat hajmi
(“trudoyomkosti”) deyiladi. 
Mehnat hajmi birligi sifatida 
odam-soat
qabul qilingan. 
Mexanik ishlov berish davrida stanokda zagotovkani ma’lum vaqt ichida 
ishlanadi. Bitta yoki barcha operatsiyalarni bajarishda stanokning mashg‘ulligi 
stanok-hajmi
deyiladi. Uning o‘lchash birligi – “stanok soat”. Stanok hajmi 
amaldagi va hisobdagi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari stanok hajmi operatsiya, 
detal va mahsulot uchun bo‘lishi mumkin. 
Shu kabi yig‘ish davrida ham 
moslama hajmi
o‘lchami bo‘ladi. Berilgan 
mahsulotni ishlab chiqarish dasturi sharoitida operatsiyani bajarishga ketgan vaqt 
va harajatlar texnologik jarayonni samaradorligini ifodalovchi muhim me’zon 
hisoblanadi. 
Ushbu korxona uchun o‘rnatilgan rejalash vaqtida yasaladigan (yoki tamir 
qilinadigan) mahsulotlar ro‘yxatini ishlab 
chiqarish dasturi
deyiladi. Bunda 
chiqariladigan har bir mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatiladi. 
Ishlab 
chiqarish hajmi
deb har bir mahsulot turi bo‘yicha rejalashtirilayotgan davr uchun 
(odatda-ko‘pincha bir yil davomida) chiqarishga mo‘ljallangan, ularning soniga 
aytiladi. Ishlab chiqarish hajmi texnologik jarayonni tuzish xususiyatini aniqlaydi. 


22 
Vaqt birligida, ma’lum sharoitda mahsulotni hisoblangan eng ko‘p chiqarish hajmi 
korxona quvvati
deyiladi. 
Barcha texnologik operatsiyalarni bajarish uchun asbob-uskunalarning va 
ishchining vaqti sarflanadi. 
Тexnologik ishlab chiqarish jarayonini takrorlanadigan operatsiyasining 
boshlanishidan tugaguncha ketgan vaqt 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin