38
II BOB
ISHLASH ANIQLIGI
2.1. Aniqlik to‘g‘risida tushuncha
Ishlash aniqligi
deb tayyor detal parametrini chizmadagi ko‘rsatmalarga
to‘g‘ri kelish darajasiga aytiladi.
Yig‘ish aniqligi
deb mashina yoki birikmaning berilgan ekspluatatsiya
qilish sharoitida o‘z “prototipi”dan farqi. Aniqlik
mashinasozlikda mahsulot
sifatini aniqlovchi eng muhim ko‘rsatkich. Ko‘proq geometrik parametrlar aniqligi
bilan to‘qnashiladi.
Ishlab chiqarishda mahsulotning aniq - absolyut o‘lchamlarini va boshqa
ko‘rsatkichlarini olish mumkin emas.
Shuning uchun, bilib turib, o‘lcham va
boshqa ko‘rsatkichlarni chegaralovchi quyimli (dopusk) farqlar (noaniqsizlik)
orasida ishlanadi.
Quyim
(dopusk) deb, o‘lchamning eng katta va
eng kichik chetga chiqish
chegaralari orasidagi farqga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: