39
va ular bir-biri bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari bular 2.1-rasmda punktir bilan
ko‘rsatilgandek qulflangan bo‘lishi lozim. Agar bunday qulflanish vujudga
kelmasa, ishlash jarayonini amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘zlarini ta’sir
ko‘rsatgichlarini zagotovkani ishlash davrida detalga o‘tkazadilar. Bundan tashqari
qirqish jarayonini o‘zi ham alohida xossali bo‘lib, u detalni sifat ko‘rsatkichlariga
ta’sir ko‘rsatadi. Natijada detal xatoliklari paydo bo‘ladi
va ular detal aniqligini
belgilaydi.
2.1-rasm.
Qulflangan texnologik tizim.
Aniqlik muammosi “o‘lcham” tushunchasini ko‘rib chiqishni taqozo qiladi.
O‘lcham uch xil bo‘ladi: nominal, haqiqiy va chegarali. Nominal o‘lchamga qarab
chegara o‘lchamlar aniqlanadi. Detalni xizmat vazifasidan chiqqan holda nominal
o‘lchamga qarab, konstruktor o‘lchamni chetga chiqish miqdorini hisoblab, uni
belgilaydi. Haqiqiy o‘lchamlar nominal o‘lchamdan ruxsat etilgan birlikdan katta
farq qilishi kerak emas. Shuning uchun 2 ta chegara o‘lcham bor: eng katta va eng
kichik.
Haqiqiy o‘lcham mahsulot sifatini baholash uchun katta ahamiyatga ega.
Detalni tayyorlash davrida bu o‘lcham har vaqtda har xil bo‘ladi. Bu texnologiya:
jarayonning murakkabligi asosida ro‘y beradi. Bunda ishchining malakasi, stanok
holati,
keskichning yeyilish tezligi, zagotovkani o‘rnatish aniqligi, mahkamlash
kuchi, qirqish rejimi va boshqa faktorlar ta’sir qiladi.
40
Faqat chizmada detallar nominal (ideal) yuzalar bilan ifodalanadi,
amalda
real yuzalar bilan chegaralangan. Hayotda detal shakllari chizmadagidek tekis
bo‘lmaydi, chetga chiqqan bo‘ladi.
Ko‘p texnologik muammolar hisobiga shakl aniqligini ta’minlash, o‘lcham
aniqligini ta’minlashdan qiyinroq, bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarishda yumaloq
yuzani olganda, albatta, ozmi-ko‘pmi ellipslik bo‘ladi.
Bu silindrik yuzalarni
yig‘ishda birikma aniqligiga ta’sir qiladi. Agar bu chetga chiqqan yuzalarga
podshipnik o‘rnatilsa, uning ekspluatatsion harakteristikasi o‘zgaradi.
Shakl hosil bo‘lish shartlari shunchalik murakkabki, bir vaqtning o‘zida bir
qator
chetga
chiqishlar
paydo
bo‘ladi:
silindrlikdan
chetga
chiqish,
perpendikulyarlikdan chetlash va h.k.
Detalning aniqligi undagi yuzalarning bir-birlariga nisbatan joylashishlarini,
nominal joylashishiga nisbatan chetga chiqish qiymati bilan aniqlanadi. Yuzalar
joylashish aniqsizligini (chetga chiqishi) har birini o‘zini ifodasi bor va ishlab
chiqarishda uni aniqlash uslubi bor. Yuzalarni
bir-biriga parallelligi,
perpendikulyarligi; o‘qlarning ham parallelligi, perpendikulyarligi shular
jumlasidandir.
Detal shakli va yuzalarining joylashish aniqligini (aniqsizligi chetga
chiqishi) ularning xizmat vazifalari asosida ko‘rish lozim. Masalan, ba’zi
detallar
uchun yuza dumaloqligi, ikkinchisi uchun o‘qining qiyshiqligi kattaroq ahamiyatga
ega. Shakl va yuzalar joylashuvining raqamli qiymatini belgilashni har bir davlat
o‘zi belgilagan.
Amalda shakl va yuzalar joylashish aniqsizligini o‘lchamga qo‘yilgan
quyimga nisbatan protsent hisobida berish qulay. Bu qo‘shimcha aniqlik darajasi
degan tushunchani qabul qilishni talab qiladi. O‘lchamlarga qo‘yilgan quyim
miqdoriga qarab, daraja qo‘yiladi:
birinchi, daraja aniqlik uchun shakl va yuzalar
joylashish aniqsizligi (chetga chiqishi) 60% dan, ikkinchi daraja uchun 40%,
uchinchi daraja uchun 25% dan ortiq, bo‘lishi kerak emas.
Amalda har bir ishlash usuliga to‘g‘ri keladigan ruxsat etilgan aniqlik
belgilangan. Bu ma’lumotlar mahsus “ma’lumotnoma” da berilgan
.
Bu demak,
41
chizmada ko‘rsatilgan quyim bo‘yicha ishlash usulini aniqlash mumkin.
Ma’lumotnomadagi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Bu
ma’lumotnomadagi har bir ishlash usuliga to‘g‘ri keladigan ruxsat etilgan aniqlik
Dostları ilə paylaş: