Aylanma harakatlar bir valdan boshqasiga turli detallar yordamida uzatiladi, bu detallar yig`indisi uzatma deyiladi.
Mashinasozlikda uzatmalarning tasmali, zanjirli, friksion, tishli, chervyakli, reykali va xrapovik mexanizmli turlari qo`llaniladi.
Tasmali uzatmag`ildiraklari (shkivlari) tasma vositasida elastik bog`langan bo`lib, ular aylanma harakatni ishkalanish kuchi yordamida bir shkivdan ikkinchisiga uzatadi (1-shakl).
Zanjirli uzatma yetakchi va yetaklanuvchi yulduzchalardan va ularni qamrab oluvchi zanjirdn iborat (2-shakl).
Friksion uzatma ikki parallel vallar orasida bir-biriga kuch bilan siqiladigan ikkita katoklardan iborat (3-shakl, a). Agar vallarning o`qlari o`zaro kesishadigan bo`lsa, konusaviy friksion katoklar qo`llaniladi (3-shakl, b). Aylanma harakat yetakchi katokdan yetaklanuvchi katokka ishkalanish kuchi yordamida uzatiladi.
Parallel vallar orasidagi tishli uzatmalar tashqi (4-shakl, a) yoki ichki (4-shakl, b) ilashmada bo`lgan silindrik tishli g`ildiraklar vositasida amalga oshiriladi.
Vallarning geometrik o`qlari kesishgan hollarda konus tishli g`ildiraklar qo`llaniladi (4-shakl, v).