4-MAVZU: O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI SIFATIDA MULTIMEDIA
VOSITALARI (O‘QITISHNING TOVUSHLI VA EKRAN-TOVUSHLI VOSITALARI.
VIDEOKAMERALAR VA O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN
FOYDALANISH ISTIQBOLLARI)
Rеja:
1. Multimеdia vositalari va ularning tasnifi.
2. O‘qitishning ekranli va ko‘rgazmali vositalari.
3. Ekranli statistik proyеksiyaning tеxnik vositalari .
4. Vidеokamеralar va o‘quv-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish istiqbollari.
Tayanch so‘z va iboralar: multimedia, distant uslub, interaktiv va nointeraktiv
texnologiya, CD-ROM, DVD-ROM, tovush platasi, sintezator, audiograber, videograber
Multimedia — gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy ahborotlar tehnologiyasidir. Uning
ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
• ahborotning hilma-hil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutq musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar) turlarini
bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya ahborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va
aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor,
videomagnitafon, videokamera, elektron musikiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter
boshqaruvida bajariladi;
• muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqdi
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oraligida ko‘rib chiqiladi. Video va
audio ahbo rotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks etgirish uchun marI kaziy prosessor tez
harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish| shinasining o‘tkazish kobiliyati, operativ (tezkor) va
video-hotira katta sig‘imli tashqi hotira (ommaviy hotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish
kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini tahminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
• "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama ahborotlarni oladiki, mazkur holat
ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yahshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta
tayyorlashni yo‘lga quyish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi
90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning o‘zi nima degan savol tug‘iladi? Ko‘pgina
mutahassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia — bu
infor-matikaning dasturiy va tehnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va
animasiya (ob’ektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini
o’quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning bu usuli, hozirgi kunda ta’lim sohasi
yo‘nalishlari bo‘yicha tatbiq qilinmoqda. Hatto, har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq
chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd.
AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi.
Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp’yuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lida urinishlar zoye
ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot
shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar
unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha
vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa hotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar
o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, ahborotni hotirada
saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va
grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni hotirada saqlab qolish 75 %
ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida set tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor
ishonch hosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi hotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda
qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo‘lida Jahon Valyuta Fondi,
Umumjahon banki, Evropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katga tajribaga egadirlar.
Viz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarnint
ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Avvalombor, o‘quv jarayonida zamonaviy
kompyuter tehnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir.
O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim ob’ektiv
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi — o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv
materiallarini, qonunlarni va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib kompyuter dasturlarini
ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo‘llash
esa, kompakt dikslarni (lazer disklari) qo‘llashni talab qiladi. hozirgi kunda bunday ko‘riniùdagi
kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qdir. Bular ma’lum bir
miqdordagi mablag‘ni oldindan jalb etishni talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter tehnologiyalaridan o‘quvchilarga ta’lim
berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali
mutahassislarni kamol toptiradi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga
aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo‘lishi,
shubhasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Multimedik tizimlarni qurish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash
quvvatini oshirishigina etarli emas, buning uchun qo‘shimcha apparatli qo‘llab-quvvatlash
analogli audio va videosignallarni raqamli ekvivalentga qo‘shish va uning teskarisi uchun
zarur bo‘lgan analogli-raqamli (ARU) va raqamli-analogli o‘zgartirgich (RAU)
videoprosessorlar, dekoderlar mahsus integral chizmalar va boshqalar .
Odatda, yuqorida ko‘rsatilgan qo‘shimcha apparatli vositalar kompyuterlarning video
va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko‘rinishida shakllanadi:
Ko‘chmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TAKSA platasi;
* harakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish platalari;
Video va audio ahboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va
ularni uzatishning yuqori tezligi bilan bog‘liq, ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-
video ahborotning siqiq tehnologiyalarini rivojlantirish va katta sig‘imdagi jamg‘aruvchilarning
yangi namunalarini yaratishning boshlanishi bo‘ladi. Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM
tehnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada bo‘lib o‘tdi va bu
sana video va audioaxborotli tulaqonli multimedianing paydo bo‘lishi boshlanishi deb
hisoblanadi.
IBM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari qurilishi
uchun foydalaniladigan texnologiyasi to’rt bazaviy unsurdan tashkil topgan:
• videotizimning asosi bo‘lgan ihtisoslashgan mikroprosessor turkumi (masalan,
tasvirlar kompressiyasi va dekom-pressiyasi uchun Intel firmasining 182750 RV piksel
prosessori; tasvirning videohotirasida joylashgan ifoda uchun Intel firmasining 182750VV
displeyli prosessori va boshqalar); ohirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif
qilinmoqda;
• galma-gal paydo bo‘luvchi audio va video ahborot saqlovchi, ma’lumotlarni SD ROM
jamg‘aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi mahsus shaklli fayllar;
• sub’ektiv qabul qilishga yo‘naltirilgan va ba’zi yo‘qotish yoki bo‘zib ko‘rsatishlarga
yo‘l qo’yuvchi ahborotning turli namunalari tiklash algoritmlari.
Harakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun produktiv kodlash algoritmlaridan
foydalaniladi.
Bu guruh algoritmlari orasida zamonaviy algoritmlarini ajratib ko‘rsatish mumkin, ular
25-50 marta siqish koeffisentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar/s.li
640h480 ulchamli siqilmagan raqamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma’lumotlarni uzatish
tezligi talab etilsa, unda MRE01 algoritmi talab etilayotgan uzatish tezligini 550kb/s.gacha
kamaytiradi. MRE01 algoritmi, shuningdek siqish koeffisenti 5...10 marta bo‘lgan audioaxborot
kompressiyasi uchun ham qo‘llaniladi.
Multimedia tehnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga bo‘lish
mumkin:
* MREO rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-ROMga yozish uchun
mahsulotni bozorbop yo‘sinda yaratishda foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni faqat
aks ‘ttirishni ta’minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100-160 martaga etadi, videomagnitafon
yozuviga yaqin sifat saqlanadi.
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo‘lgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu hol
tinglash a’zolarining buzib ko‘rsatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib bu tehnologiyalar video va audioni aks et-tirish uchun zarur bo‘lgan
ahborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu hol ma’lumotlar umumiy hajmini
kamayishiga va multimedianing fan, ta’lim, biznes va aloqa sohalariga keng kirib borishiga olib
keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar tayyorlovchilari hizmatiga
murojaat etmay, o‘z amaliy multimedianing tizimlarini yaratish, ahborotning barcha turlarini
saqlash uchun oddiy vinchesterdan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, hozirdayoq
multimedia ovoz berilgan, tasvirli hujjatlarni tarmoqli plata orqali kompyuter tarmog‘iga
jo‘natish mumkin. Biroq videotasvirli, to‘liq tarmoqli multimedianing tizim-lar uchun tahminan
200:1 siqish koeffisenti zarur. Bunday ko‘rsatkichga hozirdayok erishish mumkin va bu boradagi
ishlar muvaffakiyatli amalga oshirilmoqsa.
Multimedia asr ohirigacha kompyuter tehnikasini tako-millashtirishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi qutilmoqda. Hozirgi paytda kompyuter tehnikasi va dasturiy
ta’minotni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina etakchi firmalar bu ahborot tehnologiyasini hayotga
quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha tadbiq qilmoqdalar:
• Ohirgi avlod shahsiy kompyuterlarda multimediani professional va tijoriy
maqsadlarda qo‘llash;
• Yuqoridagi kompyuterlar uchun o’yinli va ta’lim beruvchi ilovalar yaratish;
• ishchi bekatlardagi UNIX muhitida professional va tijoriy ishlanmalarni tayyorlash.
Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assosiativ aloqa-larning umumiy ob’ektli
yo‘naltirilgan uslubiyatni o‘z ichiga olgan "gipermatn" konsepsiyasi yotadi. Rasman gipermatn
deganda foydalanuvchiga boshqa mavzuga o‘tishga imkon beruvchi ichki o‘zaro murojaat
qiluvchi matnli, tuzilmaviy ahborot tushuniladi. Gipermatn avval materialga kiritilgan
assosiasiyalar bo‘yicha interaktiv rejimdagi so‘zlar, fayllar va paragraflarni jadal birlashtirish
uchun foydalanilgan. Gipermatn vositalari foydalanuvchi istalgan tartibda varaqlab ko‘rishi
mumkin bo‘lgan multimedianing hujjatlarni yaratishga imkon bergan.
Foydalanilayotgan kompyuterlarning hisoblash qobiliyati oshib borgan sari bu
assosiativ aloqalarning ishlashi mualliflik tizimlarining yangi avlodlarida kengayib bordi. Bunda
mualliflik tizimi deganda ishlab chiquvchilarga dasturlarni ko‘p mehnatli jarayonsiz yaratishga
imkon beruvchi ta’minot tushuniladi. Bugungi kunda raqamlashgan statik tasvir, audio va video
ma’lumotlarga muallifning istagi bo‘yicha tanlangan ob’ektlar sifatida qaralishi mumkin.
Ko‘p yillar mobaynida App1e Computer multimedia ishlanmalari sohasida yetakchi
o‘rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o‘z ichiga olgan multimedia mahsulotlarini kurish
uchun gipermatn firma dasturi imkoniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan
bog‘liq edi. So‘ngra multimedia tizimiga fotoga yaqin bo‘lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni
kiritish va aks ettirish imkoniyati qo‘shildi. Natijada Macintosh kompyuterlari platformasi
multimedianing aniq bir ilovalarida etakchi o‘rinni egalladi.
Biroq videoni qo‘llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0
imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizimining kiritilishi bilan ta’minlandi. Hozirda yuqorida
ko‘rsatilgan kengaytirishlarni birlashtiruvchi multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib
borilmoqda. Bu tizimning asosiy komponentlari dasturiy ta’minoti, fayllar shakllari,
kompressorlar va foydalanuvchi interfeyslaridir. Tizimning eng muhim unsuri — Mou1e
Too1boh — tasvirlarni siqishni boshqaruvchi va animasiyalar, statik tasvirlar hamda video
algoritmlarini amalga oshiruvchi dasturlardir.
Foydalanish jihatidan oddiy bo‘lgan mualliflik tizimi yaqinda Michigan Universitetida
Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqildi. Foydalanuvchi o‘z dasturiy mahsulotini audio,
grafika va animasiyaga kiritishi hamda ularni har bir bosqichda sichkonning ikki chiqillashidan
oshirmagan holda bajara borib boshqa fragmentlar bilan birlashtirishi mumkin.
Bir qancha firmalar multimedia ishlanmalari sohasida ancha faol ish olib boryaptilar.
Konferensiya ishtirokchilariga umumiy ahborotlarni ekranda taqsimlashga imkon
beruvchi kompyuterli videokonferen-siyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun R2R moduli
Turli manbalardagi audio va video ahborotlar yuqori si-fatini kafolatlagan holda
videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta’minlovchi modul.
UNIX. Ishchi stansiyalar uchun ham multimedianing mahsu-lotlarini yaratish tizimlari
ishlab chiqilmoqda, lekin firma-larning harakatlari shahsiy kompyuterlar uchun tizimlarni ishlab
chiqish kabi birlashmagan. Mavjud tizimlar ishchi stansiyalarning aniq bir rusumlarida
foydalaniladi. Biroq umumiy foydalaniluvchi ishlanmalar ham mavjud. MBBT moduli matnli
fayllar, fayl turkumlari, raqamlashgan tovush va tasvirlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnatadi.
Ob’ektlarni birlashti-ruvchi Arr1e firmasining yaratgan tili foydalanuv-chiga multimedia
ma’lumotlari bazasida yo‘nalish topishga yor-dam beruvchi 30 modulli kutubhonalar turkumini
o‘zida namoyon etadi. Tizim kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy
dasturlarning portativ interfeysini ham o‘z ichiga oladi.
Aftidan, ishchi stansiyalari uchun eng oddiy mualliflik tizimi Standford universitetida
yaratilgan va elektron pochta buylab bepul tarqatiladigan MAE tizimidir.
Hozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tasdiqlovchi — 1987 yilda
Vashingtonda AQSH kongressi kutubhonasida Interaktiv ahborot tehnologiyalari milliy
namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia — ilovalar va dasturlarning doimiy
ko‘rgazmasi ochilganligi diqqatga sazovordir. Multimedia va distant uslublari asosida ta’lim
berish yildan-yilga ortib, takomillashib bormoqda.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning texnikaviy vositalari muhim ta’limiy tarbiyaviy ahamiyat
kasb etib, didaktik mazmuniga ega. Zero o’qitishning texnika vositalari o’quvchi-talabalarni
axborot, ma’lumotlar bilan ta’minlash, bilimlarni mustahkamlash va nazorat qilish jarayonini
boshqarishda o’qituvchiga ko’maklashidagi qurilmalardir. O’qitishning bu qurilmalari
axborotlarni uzatadi tasvirlaydi va nazorat qila oladi. Shuning uchun ularni o’quv ma’lumotlarini
tasvirlari (kadaskop,diapozitiv,proyektor) tovush uzatuvchi(radio, audio magnitofon va h.k.)
larga bo’linadi.Ularni ba’zan pedagogik adabiyotlarda audiovisual qo’llanmalar yoki vasitalar
deb ham ataydilar. O’qitishning texnikaviy vositalarning tasniflashdan oldin, ularning
funksiyalari va vazifalarini bilib olish maqsadga muvofiq Pedagogik jarayon va o’qituvchilar
faoliyatida o’qitishning texnikaviy vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1.
O’qitishning shakllarini har xillashtiradi va turli axborotlarni qo’lga kiritishni
osonlashtiradi.
2.
Zamonaviy iqtisodiy tafakkurni egallashga ko’maklashadi va o’z faoliyatini tejamli
boshqarishni malakasini hosil qilioshga yordam beradi.
3.
Ta’lim oluvchilarning umummadaniy, umumtexnik saviyasini oshiradi va ularni estetiik
jihatdan tarbiyalanishini ta’minlaydi.
4.
Insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishda dunyoqarash va xulq odob sifatlarini tarkib
topishiga ko’maklashadi hamda jamoada tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish asoslari bilan
qurollantiradi.
5.
Kasbiy va bilish faoliyatlarini, metodologik jihatdan tartiblashtirishni osonlashtiradi va
ijodiy kamolot yo’llarini belgilashga yordam ko’rsatadi.
6.
Kun sayin oshib borayotgan axborotlar va o’zlashtirishdagi vaqt o’rtasidagi qarama-
qarshliklarning kamayishiga yordam beradi.
Ushbu vazifalarni hal etish nuqrai nazaridan o’qitishning texnika vositalari bir necha
turlarga, tiplarga bo’linadi. Didaktik vositalar majmui tizimini, ularning texnik xossalari va
ta’limiy-tarbiyaviy asoslarini tadqiq qilgan olimlar, ularni turlashga turli xilda yondashadilar.
Masalan, “Didaktika” kitobining avtorlari o’qitishning texnikaviy vositalariga didaktik texnik
kinoproyektorlar, televiziorlar, videomagnitafonlar, elektrofonlar, audiovizual vositalar ekranli
statik proyeksion qo’llanmalar (diafilmlar, diapozitivlar transpararlar) dinamik
proyektsiyasining ekranli va simolari (kino filmlar, kinofragmitlar, kinokatsavyalar)ga va
fonovositalar (grmmafon yozuvlari, magnitofon yozuvlari, videoyozuvlar, radio va television
ko’rsatuvlar)ga ajratadilar.
G.V.Karpov. V.A.Ramaninlar o’qitishning texnikaviy uzatuvchi texnika vositalarini
fotografiya asoslari, o’qitishning statik fotografiya asoslari, o’qitishning statik ekran vositalari,
o’quv kinolari, ovozli o’qitish texnikasi, o’quv televidiniyasidan iborat deb bilsalar, L.S.
Fridman, V.A.Vadyushin,B.V.Polchevskiylar diapozitivlar, diafilmlar, kinofilmlar axborotlarni
uzatuvchi texnika vositalari, bilimlarni nazorar qiluvchi va dasturlashtiruvchi o’quv
materiallarini o’qitishning texnika vositalari deb biladilar.
V.I. Xlopovskix o’zining “Texnicheskiye sredstvo obucheniya” risolasida o’qitishning
texnikaviy vositalarini vizual (statik proyeksion vositalar), tovushli ( radio, grammafon,
magnitofon), vizual nazorat (tovushli kino, videoyozuv, televidiniya va h.k.)va mashqlar
bajaruvchi vositalarga bo’ladi.O’qitishning texnika vositalarini turlash har xil bo’lsada, mazmun
jihatdan axborotlarni uzatish(turli ko’rinishda), tasvirlash va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat
qilishdan iboratdir. Shuning uchun o’qitishning texnikaviy qurilmalari didaktik vositalar majmui
tizimida muhim mavqega ega. Fan texnikaviy rivojlanishi mamlakatda ta’lim mazmunini
yangilash zaruriyatini keltirib chiqardi va “Ta’lim to’g’risidagi” qonun, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” ning yaratilishga sabab bo’ldi. Bu hujjatlar mamlakat ishlab chiqarishi uchun
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash dasturining yaratilishiga asos soldi. Dasturga asosan
har qanday mutaxassis ishlab chiqarishning zamonaviy texnikasi va uning ishlash texnalogiyasi
qurollanishi zarur. Bundan ta’lim muassasalari xodimlari ham mustasno emas. Shuning uchun
o’qituvchi tarbiyachilarni ta’limning texnikaviy vositalari bilan yaqindan tanishtirish, o’qitish
jarayonida ulardan foydalana olishni zaruriy ijtimoiy-pedagigik hodisadir.Zero, bugungi
texnikaviy vositalar axborotlarni uzatish, tasvirlash, mustahkamlash, nazorat qilishni to’laqonli
bajara oladi. Bu imkoniyat o’quv axborotlarni o’quvchiga mukammal qilib yetkazishga da’vat
etadiganligi sababli, o’rganiladigan ilmiy-nazariy, amaliy metodik ma’lumotlar puxta, ongli va
hajmli o’zlashtiriladi. Shularni inobatga olib ta’lim jarayonida o’qitishning texnikaviy
vositalaridan foydalanish davr talabi deb bilamiz va uni muhim pedagogik muammo sifatida
qabulqilamiz. Amaliyotda foydalaniladigan o’qitish vositaqlarning xususiyati, bajaradigan
vazifalari hamda yuqoridagi yondashuvlarga asoslanib, o’qitishning texnika vositalarini
quyidagicha guruhlash mumkin.
Jadvalda ko’rsatilgan o’qitishning texnik, tovushli texnik, tasvirli-tovushli texnik
vositalari hajm jihatdan katta bo’lgan o’quv ma’lumotlarini aniq va puxta qilib uzatish,
axborotlarni tasvirlashning turli shakl va uzatish imkoniyatlariga ega bo’lganligi sababli o’qitish
jarayonini nazmundor, o’zlashtirishni samarali qiladi. Texnika vositalaridan samarali
foydalanishning ta’lim muassasalarida imkoniyatlar katta.
O’qitishning audio vizual vositalari tizimida video magnitofon va video yozuvlar muhum
pedagogik didaktik ahamiyat kasb etadi.Bu o’quv televidiniyasi o’quv tarbiyasining jarayoniga
qollashning yangi bosqichidir. Vidio magnitofon va vidiyoyozuvlar bular magnit plyonkalarda
yozib olingan va tasvir hamda tovushni qayta qurish eshitishga moslashgan qurulmalarda. Vidio
yozuvlar plyonkani qayta ishlash montaj qilish imkoniyatlariga ega bo’lganligi sababli darslarda
o’quv teleko’rsatuvlarni qo’llash metodikasi takomillashtira oladi va o’quv tarbiya ishlari sifatini
yaxshilash samaradorligini oshirishga xizmat qila oladi. U muhim hodisalar voqealar televizion
dasturlarni (o’quv ko’rsatuvlarni) aslidek yoki televizor ekranidan yozib olib qayta ko’rsatish
uchun qo’llaniladi. Vidio magnitafonlar video plyerlar va bir blokli bo’lishi mumkin.
Ta’lim muassasasi ish faoliyatini ommalashtirish samaradorligini oshirish ta’lim tarbiya
jarayonini takomillashtirishda videomagnitofaon va vediokamera texnikasining ahamiyati
kattadir. Vediomagnitofon va vediokamera ishlash ixcham va ko’p mehnat talab etilmaydigan
vosita hisoblanadi. Masalan, birorbir o’quv tarbiya jarayonini ilgarigidek kinofilm olish ehtiyoji
paydo bo’lsa, juda ko’p mehnat kuch mablag’ talab qiladi. Birinchidan hamma o’quv yurti ham
kinofilmni suratga olish imkoniyatiga ega emas ikkinchidan suratga olingan kinofilm plyonkasi
qayta ishlash montaj qilish uchun vaqt va mablag’ albatta kerak bo’ladi. Uchinchidan suratga
oilngan kinofilmni qayta ishlash yoki montaj qilish uchun mutaxassis va montaj qilish vositalari
zarur bo’ladi. Bu hamma o’quv yurtida ham bo’lavermaydi. Shuning uchun ko’p mehnat talab
qiladigan audiovikual vositalar bilan kinoni suratga olish va qayta ishlash o’rniga
videokameradan foydalanishni faoliyatini soddalashtiradi va ishni osonlashtiradi. Chunki hozirgi
kunda hamma ham ayniqsa o’qituvchi pedagoglar videokameradan va videomagnitofaonlar
bilan qiynalmay ishlay oladilar. Shunga ko’ra ilg’or pedagogik tajribalarni ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarni ishlab chiqarishning dolzarb jarayonlarni vediomagnitofan lentasiga yozib olish
osongina videomontaj qilish va namoyish etish imkoniyatlari katta. Keyingi davrda shunday
vediokameralar yaratiladiki ularning o’zlari vediomagnit lentasiga yozib olingan voqealar qayta
ishlash talab etilmayda natijada ulardan foydalanish qulay va oson hisoblanadi.
Kodoskop bilan ishlash. Kodoskop (kod franstuzcha-ayrim so’z, raqam, harflar tarzidagi shartli
belgilar sistemasi va “skop” grekcha-ko’rish, kuzatish ma’nosini bildiradi)-maxsus shaffof
plyonka yoki shishaga tushirilgan yozuv rasm, sxema, chizmalar, shuningdek maxsus yirik
o’lchamli diopozitivlarni ekranda ko’rsatadigan asbob.
Kodoskopda ko’rsatishga mo’ljallangan tekst rasmlarni o’qituvchi darsgacha,
shuningdek dars jaryonida ham tayyorlashi mumkin. Yozuvlar va rasmlar stillofan lentaga
avtoruchka, siyoh, flamastir va tish bilan yoziladi. Ko’rsatilgan lentalar esa maxsus galtakka
uralaveradi. Dars tamom bo’lgach, yozuvlar uchirib tashlanishi yoki qayta ko’satish uchun
saqlab qo’yilishi mumkin.
Kodoskopda, mazkur apparat uchun tayyorlangan yirik o’lchamdagi diopozitiv-
transporantlar ko’rsatish, ayniqsa qiziqarli. Odatda bir mavzuga oid bir necha transporantlar
navbat bilan birining ustiga ikkinchi qo’yib ko’rsatiladi, bu esa biron jarayon yoki hodisaning
izchilligini ko’zatish imkoniyatini vujudga keltiradi. Kodoskop, odatda sinfda o’qituvchi stoli
ustiga o’rnatiladi. Tasvirni katta o’lchamda ko’rsatish ehtiyoji tug’ilganda kodoskop sinf
o’rtasiga (ekrandan biroz uzoqqa) o’rnatiladi.
Kodoskop uchun tayyorlagan maxsus diopozitiv-transporatlarning o’lchami 140x104
mm bo’lib, apparatga o’rnatish uchun chekka tomonida ikkita teshigi bo’ladi. Transporantlarni
sinfni qorong’ilatmasdan ham ko’rsatish (demonstrastiya qilish) mumkin. Bu qulaylik ekrandagi
zarur va karta bilan bog’lab o’rganish imkonini beradi. Transporantlarni ko’rsatish vaqtida
obyektlarning murakkab formalari va elementlarini izohlash obyekt va hodisalarning o’zgarishini
bosqichlar bilan ko’rsatish mumkin.
Kodoskopni to‘g‘ri ulash.
Kodoskopni ekrandan 1,5-2 mеtr masofada stol ustiga joylashtirish Kodoskopning orqa
tomonida elеktr tarmogiga ulash simi joylashgan. Uni elеktr tarmogiga ulang. YOkish kaliti
(vklyuchatеl)ni «O» holatidan «1» holatiga qo‘ying Kodoskop oynasining ustiga tasvir tushirilgan
slaydni qo‘yib, akslantirii: oynasini ochib, linza fokusini boshkaruvchi surgich yordamida tasvirning
tiniqligini sozlang. Buning uchun surgichni o‘ng yoki chap tomonga sеkinlik bilan surib, ekrandagi
tasvirning tiniqligiga erishing.
Kodoskop bilan ishlashda tеxnika xavfsizligi va unga xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etish.
Kodoskopning oynasiga ogir yukni ko‘ymang. Akslantiruvchi oynani maxsus yumshoq muloyim
artkich (baxmal mato yoki duxoba, mo‘yqalam) bilan tozalang. Kodoskop oynasini, akslantiruvchi
oynani spirt, bеnzin yoki boshqa moylar bilan tozalash mumkin emas. Kodoskopning issik havoni
chikaruvchi tirqishlarini birog buyum bilan to‘sib qo‘ymang. Ulash simlarini ho‘l qo‘l bilan ushlash
mumkin emas Kodoskop simlarini yuqori haroratli joyda ishlatmang.
Kodoskopning yorug’ligini rostlash.
Kodoskopning old tomonida ikkita buragich joylashgan bo‘lib (rasmdagp pastki ikkita buragich
tugma), uning chap tomonidagisi yoruglik ravshanliginn (kontrastini) to‘g‘rilaydi. agar xona
qorongilashtirilmagan bo‘lsa. ushbu buragichnn o‘ng tomonga burash yordamida nur ravshanligi
oshiriladi. Kodoskopning lampasn yuqori quvvat bilan ishlaganligi uchun har 3 minutda o‘ng tomondagi
buragich yordamida ularni navbatma-navbat ishlatib turilishi kеrak, aks holda lampalag tеzda ishdan
chiqadi.
Kodoskop lampasini almashtirish.
Kodoskop lampasini almashtirish uchun avvalo uni elеktr tarmogidan uzish zarur. Kodoskopning
qopqog‘ini ochish uning o‘ng tomonida joylashgan ustki qopqog‘ini ochuvchi tugma yordamida
bajariladi. Ichki old tomonida lampalar ustini yopib turuvchi infraqizil filtr joylashgan. Uning pastki
tomonidagi--tugmani bosib yoruglik filtri ochiladi. Kеyin kuygan lampa almashtiriladi.
Videoproyekor yordamida kompyutеrdagi ma’lumotlarni ekranda kattalashtirilgan holda
o‘quvchilarga namoyish qilish mumkin. Bunda kompyutеr ekranidagi kabi sichqonchadan ham
foydalanish mumkin. Sichqoncha ko‘rsatkichini katta ekranda kеrakli «tugma» ustiga kеltirib bosish
orqali tugma aktivlashtiriladi.
Videoproyekor va kompyutеrning ulanish tartibi.
Kompyutеrni o‘chiring. Kompyutеrdan monitorni ajrating. Suratdagi RAB kabеli orkali
proеktorning ulanish panеli chap pastki burchagidagi ulanish joyi bilan kompyutеrning monitor
ulanadigan joyini ulang. Kompyutеrni va proеktorni elеktr tarmogiga ulang. Bunda kompyutеrdagi
ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Ekranning pastki chap burchagidagi «Pusk» tugmasiga sichqoncha
ko‘rsatkichini kеltirib bosing va kеrakli dasturni topib ishga tushiring.
Videoproyekor portlari, tugmachalari va indikatorlari
Videoproyekorning ulanish porti uning chap tomonida joylashgan bo‘lib, quyidagicha tuzilgan;
Chap tomondan birinchi S-VIDEO . VIDEO-vеbkamеra, AUDIO (L-chap, R-o‘ng - ovoz
kuchaytirgichga, pastda chapdan birinchisi - kompyutеrga, ikkinchisi – ovoz kuchaytirgichga.
Proеktorning tugmalari uning ustki qismida joylashgan bo‘lib. quyidagi vazifalarni bajaradi:
» STAND-BY | - Elеktor ta’minoti indikatori
POWER-ON - Proyеktorning o‘chirilgan yoki yoqilganligii to‘g‘risida ma’lumot bеradi
Dostları ilə paylaş: |