92
4.10. Mashina sifatini belgilovchi boshqa ko‘rsatkichlar
Detalning
materiali, yuza qatlamini fizik-ximik holati va fizik-mexanik
xususiyatlari.
Yuza qatlamining fizik-mexanik xususiyatlariga: qattiqlik,
struktura holati,
qoldiq kuchlanishlar ishorasi va shunga o‘xshash boshqalar. Har bir ko‘rsatilgan
xususiyatlarni o‘zgarishiga qarab, mashina detalining bajaradigan vazifasiga qarab
quyum (dopusk) tanlanadi. Mashinasozlik texnologiyasini asosiy vazifalaridan biri
tayyorlanayotgan mashina detallarining quyumi (dopusk), mashinaning yig‘uv
quyumi (dopusk) dan ko‘p bo‘lishi kerak emas.
Har bir mashinaning ish bajarishining foydali ish koeffitsiyenti mavjud
bo‘lib, har bir buyumni tayyorlovchi zavodga mashinani sifat ko‘rsatkichlariga
bog‘lab, zavodning foydali ish koeffitsiyentiga tegishli quyum (dopusk) lar
ajratiladi.
Mashinaning sifat ko‘rsatkichlariga smena yoki vaqt davomida ishlab
chiqarish unumdorligi, ma’lum vaqtda yoqilg‘i-moylarni sarf qilishi va boshqalar
kiradi.
Mashinani sifat ko‘rsatkichlariga boshqaruvning osonligi –
mashina
detallarini tayyorlash sifatiga bog‘liq, masalan: ishchini mashina dastagiga, ta’sir
kuchi 6-7 kg va boshqalar.
Mashina sifatiga quyum (dopusk) ni ta’siri kattadir. Quyumni o‘lchami
qancha kichik bo‘lsa, mashina sifati shuncha ortadi, masalan:
aniqlik ortsa,
mashinaning yuza qatlamini fizik-mexanik holatni va boshqa detallar iqtisodiy
tejamkor bo‘lib ishlaydi, lekin detallarni
tayyorlash qimmatga tushadi,
ekspluatatsiya qilish uchun harajatlar ortadi – ta’mirlash soni ko‘payib ketadi.
Mashinasozlik rivojlanib borgani sari mashinalarning sifatini oshirish
usullari paydo bo‘lib, ko‘payib boradi. Bu esa mashina sifatini ortishiga olib
keladi. Mashinalarga quyum (dopusk) lar ikkiga bo‘lib belgilanadi: birinchi, yarim
detallarni
tayyorlash uchun, ikkinchi yarim esa mashinani ekspluatatsiya qilish
davrida xizmat vazifasini o‘tashda yeyilish uchun belgilanadi. Shunday qilib, ikki
93
xil quyum (dopusk) mavjud ekan: 1–quyum (dopusk) mashinani tayyorlash uchun
belgilangan, 2–quyum esa tayyor mashinani ishchi holatda qabul qilib olish
quyumi (dopusk). Bu quyum yana bir nechta bo‘laklarga bo‘linadi, bular:
1. Hisoblash qiyin bo‘lgan, ish bajaruvchi yuzalarning
harakati orasidagi
bo‘shliqlarni (aniqlashda) belgilashda.
2. Kesuvchi kuch ta’sirida, detalning bikirligiga kesish haroratini o‘zgarishi,
ichki kuchlanishlarni o‘zaro taqsimlanishidan hosil bo‘lgan deformatsiyalarni
hisobga olish.
3. Birikmalarining yetarli bikirlikka ega bo‘lmasligini hisobga olish.
4. Mashinani yig‘ishga, detallarini tayyorlashga va xatoliklarni to‘g‘rilash,
ularni boshqarishni hisobga olish.
Yuqoridagilarni tayyor mashinani qabul qilib olish quyum (dopusk) deb
ataladi. Bu quyum ham ikkiga bo‘linadi: 1) Mashinani yig‘ishga va boshqarishga
quyum. 2) Mashina detallarini tayyorlash quyumiga bo‘linadi.
Mashinasozlik zavodlarida mashinaning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar
ko‘pligi bilan, lekin mashinani ishlash jarayonidagi hodisalar to‘liq
o‘rganilmagani, quyumni kamaytirish yo‘li bilan, aniqlikka to‘liq
erishib
bo‘lmaslik, kelajakda mashinaning sifatini oshirish bo‘yich muammolarni ijobiy
hal qilishga to‘g‘ri keladi. Quyumlarni mashina qisimlariga, detallariga taqsimlash,
texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida, bo‘lish kam harajatli
va sifatli mashinalar
yaratishga qaratilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: