1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Detalning harorat deformatsiyasi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
4.7. Detalning harorat deformatsiyasi 
 
Qirqish haroratining yana bir qismi ishlanayotgan mahsulotga o‘tadi. Bu 
ham detal o‘lchamlarini o‘zgartirib, xatolikka olib keladi. Mahsulot bir tekis 
qizdirilsa, o‘lcham xatoliklari paydo bo‘ladi. 


87 
Ba’zi qismlarini qizdirilsa, shakl xatoligiga olib keladi (g‘ijimlanadi). 
Detalni qizishi qirqish rejimiga bog‘liq. 
Detal qizishi natijasida yo‘nilayotgan detalning geometrik shaklida hosil 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklar sxemasi 4.13-rasmda ko‘rsatilgan. 
4.13-rasm. Yo

nilayotgan zagotovkaning harorat maydoni (a) va uni yo

nib 
bo

lingandan keyingi shakli (b). 
Bunday xatoliklar sezilarli darajada bo‘lishi mumkin. Masalan, uzunligi 
2000 mm, balandligi 600 mm bo‘lgan cho‘yan staninani 24
0
C ga qizdirilsa (ishlash 
tomonidan) u butun uzunligi bo‘yicha 0,02 mm ga egiladi. 


88 
4.8.
Mashinalarni sifati. Asosiy tushunchalar
 
 
Mashinasozlikda texnikani va texnologiyani rivojlantirish mashinalar, 
samolyotlar va boshqa buyurtmalarning sifatini, aniqligini yaxshilanishi, ularni 
ekspluatatsiya qilish davrini uzayishiga olib keladi. Bunga texnologiya va ishlab 
chiqarish jarayonlarini takomillashuvi hisobiga erishiladi. Mashinalarni ishlab 
chiqarishda sarf harajatlarni kamaytirish, bu buyumni ishlab chiqarishni tannarxini 
kamaytirishga olib keladi. 
Texnologik muammolarni ijobiy hal qilish uchun, mutaxassislarni jalb 
qilnadi. Mashinasozlik texnologiyasi-mashina detallarini tayyorlashni, yig‘ishni, 
ta’mirlashni texnologik jarayonini, bajarish ketma-ketligini nazorat qilib boradi. 
Ishlab chiqarish jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha, texnik va texnologlar 
shug‘ullanadilar. 
Bizning 
respublikamiz 
rivojlangan 
mashinasozlikga 
egadir: 
bular 
samolyotsozlik, asbobsozlik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi 
mashinasozligi va boshqalar. Mashinasozlikni yanada rivojlantirish uchun, yuqori. 
malakali mutahassis texnologlar, konstruktorlar talab qilinadi. Bu mutaxassislar 
mashinasozlik xususiyatlarini, mexanik ishlash usullari yordamida mashinani bikr 
va bikr bo‘lmagan detallarini tayyorlash texnologiyasini loyixalashni o‘rganib 
chiqadilar. Texnologik jarayonni sifatli loyixalashda stanokni, moslamani, 
kesuvchi va o‘lchovchi asboblarni to‘g‘ri tanlash, qiytim va qirqish rejimlarini 
optimal hisoblashga bog‘liq. Hozirgi zamonda elektronikani jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishi natijasida, mashinasozlik korxonalari avtomatik jihozlar, raqamli 
dastur bilan boshqariladigan stanoklar va kompyuterlar bilan ta’minlanmoqda. 
Texnologik jarayonlarni loyihalash vaqtini qisqartirish uchun, zamonaviy elektron 
hisoblash kompyuterlaridan foydalanilmoqda, bundan tashqari, har yili sexdagi 
stanoklarni va boshqa, jihozlarni (8-10%) ga yangilab turish kerak. Mashinasozlik 
korxonalaridagi texnologiyalar sohasida tub o‘zgarishlar qilish uchun, oliy o‘quv 
yurtlarimi bitirib, chiqayotgan mutaxassislar, yaxshi bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishi kerak. 


89 
Sifat ko‘rsatkichlari Davlat standarti tomonidan belgilanib qo‘yilgan. 
Mashinaning eng asosiy sifat ko‘rsatkichlariga mashinaning texnikaviy darajasi, 
eksplutatsiya qilish ko‘rsatkichlari, uning ishonchliligi, iqtisodiy va estetik 
ko‘rsatkichlari kiradi. Texnikaviy darajasiga unumdorligi, quvvati, f.i.k., yuk 
ko‘taruvchanligi, aniq ishlashi va avtomatlashtirilganlik darajasi kiradi. 
Mashinaning takomillashganlik darajasini eskiziga solishtirib baholash mumkin. 
Mashina o‘z xizmat vazifasini iqtisodiy nuqtai nazardan to‘liq bajarishi 
uchun, kerakli bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin