1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Elastik deformatsiya grafigi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

4.9-rasm. Elastik deformatsiya grafigi. 
To‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik 3-grafik amalda ko‘p uchraydi. Kuch qo‘yilib olib 
tashlangach tizim o‘zini oldingi holatiga qaytmayapti, qisman qoldiq siljish 
saqlangan. 4-bog‘liqlik elastik siljish notekis bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu holat, 
ko‘pincha, harakatdagi qismlar o‘z yo‘naltiruvchilariga yaxshi qotirilmaganidan 
kelib chiqadi. 5-grafik tizim bikirligini ma’lum kuchgacha yetarli bo‘lganini 
ko‘rsatadi. 
4.5. Texnologik tizim SMAD ning qizishi natijasida elastik 
deformatsiyalanish bilan bog‘liq xatoliklar 
 
Stanok to‘xtovsiz ishlaganda texnologik tizim SMAD asta-sekin qiziydi. Bu 
qizish kesish jarayonida sistematik o‘zgaruvchan (ortuvchi) xatolikka olib keladi. 
Stanokning harorat deformatsiyalari.
Stanoklarning va ularning ba’zi 
qismlarini (shpindel, stol, stanina va h.k) qizishini sabablari asosan quyidagilar: 
ishqalanuvchi yuzalar (podshipniklar, tishli g‘ildiraklar), gidrouzatgichlar, 


84 
elektromotorlar, moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar, qirqish harorati, tashqi 
manba’lar (quyosh, issiqlik batareyalari) va boshqalar. Masalan, tokar-vint qirqar 
stanogining qizish diagrammasi va stanokning issiqlik deformatsiyasi 4.10-rasmda 
berilgan. 
4.10-rasm. Stanokning qizish harorati va issiqlik deformatsiyasi. 
Stanok 4-5 soat ishlagandan so‘ng ko‘rsatilgan nuqtalarda harorat 
o‘lchangan: raqamlar nuqtalardagi haroratlardir. Shpindel aylanish tezligi 
1200ayl/min. 
Ko‘rinib 
turibdiki, 
stanokning 
barcha 
qismlari 
qizigan 
va 
deformatsiyalangan. Bu detalning o‘lcham va shakl aniqligiga ta’sir qiladi. Ta’sir 
qilish ma’lum vaqtgacha (τ
o
) bo‘ladi. Qancha issiq qo‘shilsa, shuncha issiqlik 
tarqalsa, ta’sir turg‘unlashadi (4.10-rasm, b). 
Aniq misol tariqasida 4.11-rasmda stanokning markazlarda ishlash davridagi 
qizishini oldingi babka siljishiga ta’siri ko‘rsatilgan. O‘lcham va shakl aniqligi 
pasayadi. O‘lchamga siljish ta’siri ikki marta ko‘p bo‘ladi, ya’ni xatolik 2 marta 
katta bo‘ladi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, patronda ishlaganda gorizoital siljish 
markazlarda ishlaganga nisbatan ko‘proq bo‘ladi va 17 mkm ga yetadi. 


85 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin