1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Yo‘naltiruvchilarning yeyilishini ishlash aniqligiga ta’siri



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

4.3-rasm. Yo‘naltiruvchilarning yeyilishini ishlash aniqligiga ta’siri. 
Yo‘naltiruvchilarning notekis yeyilishi, demak, siljish -(y)ning qiymati ham 
yo‘naltiruvchi uzunligi bo‘yicha bir xil emasligi, sistematik xatolik bo‘lib, (y) 
ishlanayotgan detallarni xatoligiga olib keladi. 
Stanoklarning deformatsiyasi ham sistematik xatoliklarga olib keladi. Stanok 
o‘rnatilayotganida (montaj qilinayotganda) noto‘g‘ri o‘rnatilsa va fundament 
cho‘ksa, ishlanayotgan detal aniqligi pasayadi. Stanok va stol qiyshayadi
yo‘naltiruvchilar bukiladi (4.4-rasm). 
“ENIMS” ma’lumoti bo‘yicha, agar tokarlik stanogi 1D64 noto‘g‘ri 
o‘rnatilsa, stanokning qiyshayishi ∆ ga teng bo‘lishi mumkin. (Markazlar orasidagi 
masofa 1500 mm). 


77 
4.4-rasm. Stanok staninasi yo‘naltiruvchilarining qiyshayishini 
ishlanayotgan detal radiusiga ta’siri. 
Bu holda ishlanayotgan detal radiusi quyidagi birlikka kattalashadi:
 
(4.3) 
Bu yerda, 
H
- markazlar balandligi
B
- yo‘naltiruvchilar orasidagi masofa.
Stanok yo‘naltiruvchilarining qiyshayishi ishlanayotgan detallarga noaniqlik 
bo‘lib o‘tadi, detallar to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan va tekis bo‘lmagan yuzalarda 
ishlab olinadi.
4.3. Keskichning noaniqligi va yeyilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan xatoliklar 
 
Keskichlarning noaniqligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri detalga o‘tadi. Bu ayniqsa, 
o‘lchamli parma, razvertka, protyajka, freza (ba’zilari) va jim-jimador (fasonniy) 
kabi kesuvchi asboblarga tegishli. Bu noaniqliklar ishlanayotgan detal yuzalarida
shakllarida va o‘lchamlarida o‘zgarishi sistematik xatolikka olib keladi. 
Detal aniqligiga ko‘proq yetarli darajada keskichning yeyilishi orqali 
vujudga kelgan xatoliklar ta’sir qiladi. 
Avtomat stanoklarda ishlanib, o‘lchamlar avtomatik ravishda olinganda 
keskich yeyilishi xatoligi sistematik o‘zgaruvchan xatolikka olib keladi. 


78 
Detalni toza ishlashda keskich ko‘proq, orqa yuza bo‘yicha yeyiladi: bu 
keskich cho‘qqisini zagotovka aylanish markazidan uzoqlashtiradi. Uzoqlashish 
qiymati keskichning radial yeyilishiga teng. Bu yo‘nishda keskich radiusini 
kattalashtiradi; ichki yo‘nishda radiusni kamaytiradi. 
Ishqalanishda yeyilishning umumiy qonuniyati asosida, keskichning 
yeyilishi uch davrga bo‘linadi. I-dastlabki yeyilish; II- mo‘tadil yeyilish; III-
katastrofik yeyilish (4.5-rasm). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin