1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

4.1.
 
Mexanik ishlov berishning xatoliklari 
 
Aniqlik
– mashinasozlikda sifatning asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. 
Detallarni tayyorlash aniqligini oshirish ularning ekspluatatsiya davrida uzoq vaqt 
ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Shuning uchun aniqlik bo‘yicha katta talablar 
qo‘yiladi. Homashyolarni aniqligini ortishi, unga mexanik ishlov berishning 
mehnat hajmi kamayadi. Detallarni aniqligini ortishi, yig‘ish davridagi “prigonka” 
ishini kamaytiradi. Texnolog xatoliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganib 
chiqishi kerak.


72 
Detalning 
aniqligi
deb, chizmadagi o‘lchamlarga, geometrik shakllarga, 
ishlangan yuzalarning o‘zaro to‘g‘ri joylashishiga va g‘adir-budurlik darajasiga 
to‘g‘ri kelishiga va chizma talablariga to‘liq mos kelishiga aytiladi. 
Berilgan aniqlikka erishishning ikki xil usuli mavjud: 1-usul. Sinov yurish 
va o‘lchash usuli. 2-usul. Sozlangan dastgohlarda o‘lchashni avtomatik ravishda 
olish usuli. 
1-usul. Sinov yurish va o‘lchash usuli. 
Stanokka o‘rnatilgan keskich, 
aylanib turgan homashyoni ma’lum qismidan, ingichka qirindi kesib olinadi keyin 
dastgoh to‘xtatiladi, homashyodan quyumni chetga chiqish kattaligi aniqlanadi va 
keskichni holatiga (t) chuqurligi bo‘yicha o‘zgartirish kiritiladi va homashyon 
bo‘ylab yo‘nish boshlanadi. Ko‘pincha, bu usulni bajarishda yana homashyoni 
belgi (razmetka) qo‘yib, ham amalga oshiriladi. Bu usulning yutuqlari: aniqligi 
yuqori bo‘lmagan stanoklarda yuqori aniqlikda ishlov berishga erishiladi. Malakali 
ishchi sinov yurish va o‘lchash usulidan foydalanib, homashyoni noaniqligini, eski 
stanokni berayotgan noaniqligini bartaraf etadi. “Razmetka” usulida aniq detal 
olish 
imkoniyati bor. 
Ishchi qo‘shimcha 
moslamalar, 
konduktorlardan 
foydalanmaydi. Bu usulning kamchiliklari: sinov yurish va o‘lchash usulida, ishchi 
keskichni o‘lchamga to‘g‘rilaganda, qirindi qalinligi darajasida, aniq o‘zgartirish 
kirita olmaydi. Ishchining mahorati tufayli, yaroqsiz detal olish ehtimoli bor. 
Keskichni o‘lchamga sozlash uchun ko‘p vaqt sarflanadi, natijada ishlab chiqarish 
unumdorligini kamligi. Detal tannarxini ortishi, yuqori malakali ishchiga ko‘p ish 
haqi to‘lash. Bu usul yakka tartibdagi va mayda seriyali korxona turlarida 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin