makrokuchlanish hosil
bo‘lishi uchun katta turtki bo‘ladi.
Makrokuchlanishlarni sodir bo‘lishi modelining kamchiligi, mexanik va
issiqlik faktorlarini shartli bo‘lib ko‘rib chiqishdadur. Yana ushbu model detalga
ishlov berish jarayonida sirt qatlamga ta’sir qiluvchi yuklanishni yo‘nalishini
hisobga olmaydi.
Bu shart esa makrokuchlanishni hosil bo‘lishi uni real ko‘rinishiga javob
bermaydi. Masalan, kuch maydonining yuza qatlamidagi yo‘nalishiga qarab
detalda cho‘ziluvchi, yoki siqiluvchi kuchlanishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Mikrokuchlanish. Qoldiq
mikrokuchlanishlar metaldagi dislokatsiyalar,
dislokatsiya devorlari (bloklar chegarasi va bo‘laklar), upakovka nuqsonlari va
boshqa kristal panjaradagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari
mikrokuchlanishlar donalarning o‘zaro munosabati natijasida ham vujudga
keladi.
Тashqi kuchlarning real polikristal jismga ta’siri undagi qo‘shni donalarni
turli xil deformatsiyalanishiga olib keladi. Bu donalarning ixtiyoriy yo‘nalish
holati va kristalardagi mexanik xossalarning anizotropiyasi bilan bog‘liq. Qo‘shni
donalardagi deformatsiya turli darajasi ularda mikrokuchlanish hosil bo‘lishiga
olib keladi.
Тurli mexanik va fizik xossalar bilan harakterlanadigan turli xil fazalar
deformatsiyani har xil bo‘lishini kuchaytiradi. Ko‘p fazali qotishmalarda faza
oraliq mikrokuchlanishlari paydo bo‘ladi.
Harorat o‘zgarganda materialda mikrokuchlanishlar turli chiziqli kengayish
koeffitsiyentiga ega bo‘lgan, har xil fazalar borligi tufayli, shuningdek alohida
donalarning anizotrop fizik xossalari tufayli sodir bo‘ladi. Mikro kuchlanishni
(yoki, aniqrogi mikrodeformatsiya) asosiy aniqlash usuli bu rentgeno-struktura
tahlilidir.