1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Vakansiya
– bu kristal panjara tugunidagi bo‘sh (egallanmagan) joy. 
Vakansiya kristal panjarada uzluksiz harakatda bo‘ladi, unga qo‘shni atom 
“teshikga” ko‘chib o‘tadi, va o‘zining eski joyini bo‘shatib qoldiradi. Haroratning 


62 
ortishi, bunday atomlarning sonini ortishga olib keladi va vakansiyalar soni ortadi. 
Vakansiya sonining n

atomlar soni n ga nisbati (ma’lum bir hajmda) vakansiya 
konsentratsiyasi deb ataladi: S= n
v
/n. Xona haroratida vakansiyalarning soni juda 
kam, taxminan 10
18
atomlarga bitta vakansiya to‘g‘ri keladi, ammo haroratning 
ko‘tarilishi bilan, ayniqsa erish harorati atrofida ularning soni tez oshib ketadi (10
4
atomlarga bitta vakansiya). 
Dislokatsiya
– kristal panjaraning chiziqli nuqsoni. Dislokatsiya 
vakansiyaga o‘xshab xaotik erkin harakat qilmaydi. Biroq uncha katta bo‘lmagan 
kuchlanish ta’sir etilsa, dislokatsiya harakatga keladi. Dislokatsiyaning 
harakteristikasi uning zichligidir: 1 sm
3
ga mos keladigan dislokatsiyaning 
santimetrdagi umumiy uzunligi, uning o‘lchov birligi – r, sm
-2
. Metallarda 
dislokatsiyaning zichligi 10
8
...10
13 
sm
-2 
oralig‘ida bo‘ladi, ya’ni bir kub santimetrda 
o‘n mingdan to million kilometrgacha dislokatsiya mavjud bo‘ladi. 
Atom-kristal 
strukturaning 
parametrlarini 
rentgenostruktura 
usulida 
aniqlanadi. Yuza qatlamining fazaviy tarkibini o‘zgarishini disperslik, shakl 
bo‘yicha, holatini va qatlam qalinligi bo‘yicha fazalarning tarqalishini faza kristal 
strukturasining o‘ziga xos xususiyatiga qarab aniqlanadi. 
Yuza qatlamining kimyoviy tarkibini elementlar tarkibi kontsentratsiyasi va 
ularning joylashishi orqali harakterlash mumkin. Hozirgi vaqtda struktura fazaviy 
holatini (SFH) va qismlari tarkibini tadqiq qilish uchun turli usullardan 
foydalaniladi. SFH ni tadqiq qilish katta ahamiyat kasb etadi. Bu usullar yordamida 
SFH harakteristikalarini bevosita aniqlash imkoni mavjud. Ulardan eng muhimi 
difraktsion va mikroskopik usullardir. Yuza qatlamining kimyoviy tarkibini 
aniqlashning istiqbolli usullari quyidagilardir: rentgen mikrotahlil, ikkilamchi ion 
mass-spektroskopiya va yuqori imkoniyatlarga ega bo‘lgan elektron oje-
spektroskopiya. 


63 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin