1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Keskichlarning nisbiy yeyilishi (legirlangan po‘latlarni ingichka yo‘nishda



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

4.6-rasm. Keskichlarning nisbiy yeyilishi (legirlangan po‘latlarni ingichka yo‘nishda 
t=0.012 mm; S=0.018 mm/ayl; 
 


80 
4.6-rasmda nisbiy yeyilishga keskich materiali va qirqish rejimini ta’siri 
ko‘rsatilgan. Nisbiy yeyilishning ham «optimal» yeyilish tezligi bor ekan. 
Stanok bikirligi ortishi bilan titrash kamayadi. Natijada keskich yeyilishi 
sezilarli kamayadi (4.7-rasm). 
4.7-rasm. Tokar-revolver stanogi bikirligining (j), keskich yeyilishiga (u
2
) ta’siri. 
Kesuvchi asboblarni yeyilishini kamaytirishni bir qancha usullari mavjud, 
shulardan biri, keskichga gamma nurini ta’sir ettirib, yeyilishni kamaytirishdir. 
[25] ma’lum bo‘ldiki, tez qirqar po‘latdan tayyorlangan keskichni gamma nuri 
bilan nurlaganda va u bilan kesish amalga oshirilganda mexanik ishlov berishning 
ba’zi parametrlari o‘zgarishi aniqlangan. 
Keskichni nurlab ishlash tashqi muhitning ta’sirini orttirdi, bu keskichni 
yeyilishini ma’lum tezliklar orasida kamaytirar ekan va ishlangan yuzaning sifat 
darajasi bitta sinfga ortgani, ya’ni yaxshilangani ma’lum bo‘lgan. Bu ko‘rsatgichlar 
“kislorod” muhiti ta’sirida boshqa muhitlarga qaraganda yuqori natija ko‘rsatgan. 
 
4.4. Stanok-moslama-asbob-detal texnologik tizimining qirqish kuchlari 
ostida elastik deformatsiyasi bilan bog‘langan xatoliklar 
 
Texnologik 
tizim-stanok-moslama-asbob-detal 
tizimi 
elastik 
tizim 
hisoblanadi. Bu elastik deformatsiya ishlanayotgan detal o‘lchamlari va geometrik 
shakli aniqligiga xatoliklar olib keladi. 


81 
Tokarlik stanogida markazlarga o‘rnatib tekis val yo‘nilayotganda ish 
boshida keskich valning o‘ng tomoni uchida bo‘lganda qirqish kuchining normal 
qismi (P
y
) detal orqali orqa markazga, pinolga va stanokning orqa babkasiga 
beriladi. Bu kuch orqa markazni va pinolni egadi, orqa babka korpusini siljitadi. 
Bu deformatsiya “ishchidan” to‘g‘riga yo‘nalgan bo‘ladi va keskich cho‘qqisi bilan 
detalni aylanish o‘qi orasidagi masofani kattalashtiradi (4.3-rasm). Kattalashish 
siljish kattaligi (Y
orqa.b
)ga teng va shu qiymatga ishlanayotgan detal radiusi 
kattalashadi. 
Shu bilan bir qatorda yuqoridagi normal kuch P
y
ta’sirida zagotovkadan 
“ishchi tomonga” yo‘nalishda keskich va support Y
keskich
miqdorida elastik siljiydi. 
Bu ham keskich cho‘qqisi bilan detal aylanish o‘qi orasidagi masofani 
kattalashtiradi. 
Shunday qilib, ish boshida ishlangan yuza diametri amalda o‘rnatilgan 
diametrga nisbatan katta bo‘ladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin