Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 37 www.ares.uz
HOSILANING TADBIQLARI MAVZUSINI O‘QITISHDA INNOVATSION
PEDAGOGIK YONDOSHUV
Sh. B. Axmedov
Andijon mashinasozlik instituti
Respublikamizda matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish,
ilmiy-
tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor
yo‘nalishlari etib bir qancha vazifalar e’tirof etilgan. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin
hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish va ta’lim berishning onlayn
platformasini yaratish
va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi
samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini
joriy qilish shular jumlasidandir. [1]
Biz matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqish uchun
amaliy masalalar yordamida nazariy bilimlarni egalash usullarini keng joriy etamiz. Bu
uslubda o‘qituvchi tomonidan aniq bir amaliy masala qo‘yiladi. Bu amaliy masalani
yechish jarayonida o‘quvchilar qo‘llanilishi lozim bo‘lgan
nazariy matematik
bilimlarga duch keladilar. O‘quvchilar o‘ziga zarur nazariy ma’lumot (formula,
teorema, tariflar va hk.)larni o‘qituvchining bevosita yoki bilvosita ko‘magi bilan
egallashga yo‘naltiriladi [3].
Biz na’muna sifatida quyidagi amaliy masalani ko‘rib o‘tamiz (bu kabi ko‘plab
namunaviy masalalar Milliy matematika platformasining Sh.
Ahmedov sahifasida
http://mathnet.uz/Profile?q=sherdor
berilgan) [4]: