20
1.2.Ta’lim jarayonida pedagogik innovatsion usullarni qo‘llash va
samaradorligini oshirish omili sifatida.
Ta‘lim to‗g‗risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ―Maktab
ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi‖ni ta‘lim jarayoniga tadbiq
etish bilan ta‘limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizasiya
qilingan ta‘lim standartlari to‗liq bajarilishi ta‘min etish davri boshlandi.
Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilishi, minglab maktablarni
yangitdan rekonstruksiya qilish, joriy ta‘mirlash ishlari jadal sur‘atlar bilan olib
borilmoqda.
Maktablarni yangi jihoz, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar,
moderinizasiya qilingan, tajriba-sinovdan o‗tgan standartlar, darsliklarning yangi
avlodi bilan (ijara tariqasida) ta‘minlash, kompyuterlashtirish davlat umummilliy
dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda.
Endi o‗quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob
beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‗rniga darslarni tashkil etishga
ma‘suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdonlik, metodik mahoratga ega,
ma‘suliyatli,
zamonaviy,
interfaol
pedagogik
texnologiyani
mukammal
o‗zlashtirib olgan, innovasiyalar asosida ta‘limni tashkil eta oladigan
o‗qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta‘limda moddiy baza, standart, o‗quv
rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy
natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‗zlashtirishga
erishish bevosita nazariy va amaliy mashg‗ulotlarni olib boruvchi o‗qituvchining
ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog‗lanib
qolaveradi, o‗quv-biluv markazida esa o‗quvchi turmog‗ini taqozo etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prizidenti ―Tarixiy xotirasiz - kelajak yo‗q‖
asarida komil inson tushunchasiga aniq ta‘rif beradilar. ―
Dostları ilə paylaş: