5-mavzu. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish. Shaxs taraqqiyotining individual – psixologik xususiyatlari



Yüklə 159,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix31.08.2023
ölçüsü159,24 Kb.
#141185
1   2
5-mavzu. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish. Shaxs taraqqiyot

aniqlanadi deb hisoblaydi.
Ammo konvergensiya nazariyasi vakillari
irsiy omillarning o‘rni muhim hisoblab,
muhit nasliy belgilarning tartibga soluvchi 
ruyobga chiqishini ta’minlovchi sanaydi.
Konvernetsiya nazariyasining biologik va 
sotsial omillarni mexanik qo‘shishidagi 
cheklanganligi insonning tabiat va 
jamiyatdagi mohiyatini tushunishga olib 
kelmadi.


Masalani hal etishga yo‘naltirilgan boshqa bir yondashuv ikki 
omilning ta’siri bilan bog‘liqlikni psixoanaliz va ko‘pgina 
neofreydistlarning ishlarida kuzatildi.
Z.Freyd shaxs taraqqiyotini qoniqish va reallik prinsiplariga 
bog‘liq tushunishga harakat qildi.
Qoniqish olishga intilish jinsiy mayllar bilan bog‘liq bo‘lib,
biologik,y tug‘ma va tabiiy berilgan bo‘lib, unga intilish 
ijtimoiy, jamiyatdagi muhit bilan o‘zaro to‘qnash keladi. Reallik 
prinsipiga ko‘ra inson dunyodagi munosabatlarda namoyon 
bo‘ladi. Tarbiya tufayli reallik va qoniqish prinsipi ziddiyatga 
uchraydi. SHunday qilib, ikkala prinsip o‘rtasidagi ziddiyatlar 
tufayli jamiyat bilan mayllar o‘rtasidagi nizo shaxsning turli 
instatsiyalari –“Kayvoniy Men” va “U” o‘rtasidagi tafovutda 
aks etadi. “Kayvoniy Men” o‘zida shaxsning sotsial rollarni 
o‘zlashtirishi, “U” Tada esa insondagi tabiiy boshlang‘ich 
manba, chuqur mayllarni ifodalaydi. 
•Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 555.


Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan 
tashqari) tarkibiy qismlari bo‘lmish emotsiya, mayl 
va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil 
qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur 
nazariyaning yirik namoyondalaridan biri - bu 
amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 
ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‘ziga xos 
betakror xususiyatga egadir. 
Birinchi davr - go‘daklik. Ushbu davrda go‘dakda 
ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan 
“ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning bosh 
sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, 
g‘amxo‘rligi va jonkuyarligining nishonasidir. 
Agarda go‘dakda ishonch negizi paydo bo‘lmasa, 
balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, u 
taqdirda voyaga etgan odamlarda mahdudlik, 
umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, 
ehtimol. 
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim 
mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi 
shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi 
bo‘lmish uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi. Bolada 
mustaqillikning o‘sishi, o‘z tanasini boshqarishga 
keng imkoniyat yaratib, bo‘lg‘usida shaxs 
xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, 
mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ularini tarkib 
toptirishga puxta zamin hozirlaydi. 


Uchinchi davr - o‘yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 
yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘ziga qamrab oladi. Mazkur 
davrda tashabbus tuyg‘usi, qaysidir ishni amalga oshirish 
va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohish-
istakni ro‘yobga chiqarishning yo‘li to‘sib qo‘yilsa, ushbu 
holatda bola o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh 
davrida davra, ya’ni guruhiy o‘yin, tengqurlari bilan 
muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb 
etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko‘rishiga, 
xayoloti o‘sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda 
bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila 
boshlaydi. 
To‘rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy 
o‘zgarishlar ko‘zlagan maqsadga erishish qobiliyati, 
uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg‘usi bilan 
ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik va 
mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy 
jihatlari (illatlari) ham ko‘zga tashlanadi va ularning 
qatoriga ijobiy xislatlari etarli darajada bo‘lmaganligi, ongi 
hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, 
muammolarni echishda aql-zakovatning etishmasligi, 
bilimlarni o‘zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. 
Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual 
munosabati shakllana boshlaydi. 


Beshinchi davr - o‘spirinlik - o‘zining betakror xislati, individualligi va 
boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. 
SHuningdek, o‘smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning 
uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. 
Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolni kechiktirish”ning 
o‘zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga 
ko‘tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan 
rollarining ko‘lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash 
imkoniyati mavjud bo‘lmaydi, vaholanki bu kezda o‘spirin rollarda 
o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘z-
o‘zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, 
unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen 
(kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko‘rinishlari 
namoyon bo‘lishini sharhlaydi. 
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik 
intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan 
ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o‘rin tutadi. 
Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat 
xususiyatlari bilan tafovutlanadi. 


Yettinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va 
faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, 
g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va 
boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi unga uzluksiz 
ravishda hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga 
oshishida turtki vazifasini bajaradi. SHuningdek, 
mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi 
nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi 
emas. 
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o‘z 
burchini uddalay olganligi, turmushning keng 
qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) 
tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida 
ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, 
ulardan ko‘ngil sovish his-tuyg‘ularini ta’kidlab o‘tish 
o‘rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lishlik 
bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati 
hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga 
nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan 
qarash ularning oliy himmati sanaladi. 
Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, 
Michigan, 2010. - Р. 556.

Yüklə 159,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin