18
C. So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi unli va undosh tovushdan iborat bo‘g‘inning
kuchliroq aytilishidir.
D. O‘zlashma so‘zlardagi urg‘uni o‘zbek tiliga moslashtirib talaffuz qilish
nutqiy me’yor hisoblanadi.
5.5- mashq.
Juftliklardagi urg‘u ta’sirida sodir bo‘ladigan ma’no o‘zgarishini
aniq lang.
1. O‘zlarimi? Qaysi shamol uchirdi? – Bugungi ishni qizlar o‘zlari bitirib
qo‘yishar ekan. 2. Uzoqdagi nishonni ko‘zlar ekanman, o‘qim bexato ketsa, snay
-
per safdoshlarimni yer tishlatishini yaxshi bilar edim. – Jimgina boqib turgan bu
ko‘zlar juda tanish, qiziq, qayerda ko‘rganman? 3. Ma, yuvib ye, yangi uzilgan.
O‘zimizning tomorqadan! – Kasallikka qarshi yangi usulni qo‘llash, yangi pre
-
paratlarni sinovdan o‘tkazish talab etilmoqda. 4. Heech shu shaharcha odatlaring
qolmadi-qolmadi-da, Orziqulov. – Qurilajak bu shaharcha harbiylarning oilalariga
munosib sovg‘a bo‘ladi. 5. Osma ko‘prikdan o‘tib, buloq bo‘yiga tushib bordim. –
Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma, savobingni ko‘paytir.
5.6- mashq.
Gaplarni o‘qing. Urg‘u ta’sirida talaffuzda sodir bo‘ladigan tovush
o‘zgarishlarini aniqlang.
1. Barakalla, boplabsan, xo‘o‘p yaxshi ish qilibsan. 2. Bu – biznes, unga
tasavvur qilganingdan ham aancha katta pul tikkanman. 3. Bilasanmi, uzoooq
o‘yladim, oxiri qayerda xato qilganimni topgandek bo‘ldim. 4. Muncha shiriiin
bu tabassum? 5. Senga nima? O‘o‘o‘tiribman katta idoraga xo‘jayin bo‘lib!
6. Vey, bu bola uchchiga chiqqan ayyor, jaa muttaham ekan-ku! 7. Yashsha-
magur, nimalar qilib qo‘ydiiing, qara, boyaqish yumm-yumm yig‘layapti!
8. Xo‘o‘sh, shu gaplarni o‘ylab gapiryapsanmi? Uyalmaysanmi?
Dostları ilə paylaş: