Molning chanqog‘ini tomizg‘ichdagi tomchi suv bilan qondirib bo‘ladimi? – Shoshilsam-shoshilmasam, menga suyanadigan bir
tog‘ kerak-ku?
– Tog‘, dedingmi? Yaxshi aytding. Sen suyanadigan tog‘ bor. Ammo... – Tengiz
jilmaydi. Bu jilmayish avvalgiday beg‘ubor emas, balki ayyorlik yeli bor edi unda.
– Ammo suyanish uchun tog‘ haqini to‘lashing kerak. Ochiqlikda har oy maosh
olardingmi? Ha, olarding. Xuddi shunga o‘xshab, suyanadigan tog‘ haqini har oyda
to‘lab turasan. Sen bugun
biksa ngga bir
malyava yozasan. Har oyda pul yuborib
turadi.
(Tohir Malik) Passajir – tasodifan qamalgan odam;
tog‘ – himoyachi;
biksa – xotin;
malyava – xat.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. „Taqiq“ so‘zlar til odobi uchun qanday ahamiyatga ega?
2. „Taqiq“lardagi „parda“lab gapirish va qo‘pol ifodalash xususiyati hayot
-
dagi qanday vaziyatlarda uchraydi?
3. Quyidagi rivoyat bilan tanishib, o‘z fikringizni bildiring.
Husayn Boyqaro safardaligida sevimli xotini vafot qiladi. Xabarchi shohga
borib: „Xotiningiz o‘ldi“, deya olmasligini aytib, Navoiyga maslahatga
keladi. Navoiy: „Sarvigulning soyasida so‘ldi gul, netmoq kerak?“ jumlasi
bilan murojaat qilishni o‘rgatadi. Xabarni eshitgan shoh osoyishtalik bilan
„Sarvdin tobut yasab, guldin kafan bichmoq kerak“ degan nozik va yumshoq
javobni berib, buni Navoiyga yetkazishni topshiradi.
(J. Omonturdiyevdan) 3 – Ona tili, 11-sinf
http://eduportal.uz
34
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 9.1- topshiriq. Tibbiyot tilida qo‘llanuvchi tushunchani yumshatib ifodalaydigan
so‘zlar jadvali mazmu nini matnga aylantiring.