Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

11.5- mashq.
 
Testni yeching va javobingizni izohlang.
 
1. Qaysi gapda biz olmoshi kamtarlik ma’nosida qo‘llangan?
A. Biz baxtli bo‘lamiz, xudo xohlasa. 
Xudo xohlamasa, uchrasharmidik. 
 (M. Yusuf)
B. Mehnatsiz bir nafas yo‘q, biz ilhomga shaydoyi. 
(
Mirtemir)
C. Tavba, bundoq o‘ylab qarasam, bizning uydagilarning hammasi qaribdi.
(
S. Ahmad
)
D. Biz shunaqa odammiz, „hayot“ni bilamiz-u, „mamot“ni bilmaymiz, tu
-
shundingmi, ziqna? 
(T. Malik)
2. Berilgan gaplarning qaysi birida Uyda hech kim yo‘q, bular ham ishga 
ketganlar gapidagi bular
 olmoshi o‘rnida uning „qattiq“ ifodasi qo‘llangan? 
A. Uyda hech kim yo‘q, turmush o‘rtog‘im ham ishga ketgan.
B. Uyda hech kim yo‘q, erim ham ishga ketgan.
C. Uyda hech kim yo‘q, adasi ham ishga ketganlar.
D. Uyda hech kim yo‘q, jufti halolim ham ishga ketganlar.
11.6- mashq.
Matnlardagi noodatiy qo‘llangan olmoshlarni aniqlang.
1. – Sen gapir, – dedi kuyov.
– O‘zi gapirsin-da, – dedi qayliq.
– Nimani gapirayin?
– O‘zimizning oqshomlardan gapirsin. Qirdagi bug‘doy o‘rimidan gapir
-
sin.
– Sen gapir... Men senga zardoli terib berganimni.
– O‘zi gapirsin, qo‘llari zardoli shoxlarida bo‘lsa-da, ko‘zlari qayda ekani
-
ni...
(T. Murod)
http://eduportal.uz


42
2. – O‘zi beraman desa, qo‘shqo‘llab beradi. Sendan-mendan so‘rab 
o‘tirmaydi. Ma, ol, qulim, deydi. Mana ko‘rasan...
– Aytganingiz kelsin, otasi. 
(T. Malik)
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Evfemizmlarni qo‘llash oilaviy muhitga qanday ta’sir ko‘rsata oladi?
2. Er-xotin munosabatlarida III shaxs ko‘plik olmoshi qo‘llanadi. Bu odat
-
ning sof milliy ildizi haqida o‘ylab ko‘ring.
3. She’riy parchalarni o‘qing. Noo‘rin qo‘llangan kishilik olmoshlarining us
-
lubiyati haqida fikrlashing.
1. Yurakka yoqadi har so‘zing,
Shaydo aylagan meni ko‘zing,
Mening butun boyligim o‘zing,
Kim uchundir bir inondirsan,
Lek men uchun butun dunyosan.
(
Zafar Sobitov)
2. Seni deb yashayman ikki dunyoda,
Faqat sen yashaysan mitti yurakda.
Baxtimga doimo bo‘lgin deb omon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
(
Shamshod Safar)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin