19.1- topshiriq.
Tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llab, matnni ko‘chiring. Sarlavhaga diqqat
qiling.
BAXT PULDA EMAS(MI?)
Insonlar ongida pul to‘g‘risida ikki xil tushuncha mavjud//
Birinchisi// pul// johillik// u yaqin insonlar orasiga nizo soladi// Nafsga
erk beradi va halovatingizni o‘g‘irlaydi// Pul hatto qadriyatlarni ham unutishga
maj bur qiladi//
Ikkinchisi// pul// ozodlik// ya’ni boshqa odamlarga qaram bo‘lmaslik im
-
koni// Pul ko‘nglingga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish va orzularingni
ro‘yobga
chiqarishga ko‘maklashadi// U yaqinlarimizga// ota-onalarimizga//
farzandlari mizga va do‘stlarimizga g‘amxo‘rlik qilish imkonini beradi// Pul qu
-
http://eduportal.uz
74
layliklar yaratadi va turmushni go‘zallashtiradi// Pulni tasarruf etishning o‘zi
ham bir san’at//
Endi o‘zingizga savol bering-chi// pul siz uchun nima//
(Internet ma’lumot-
laridan)
19.2- topshiriq.
Quyidagi jumlani davom ettiring, tinish belgilariga diqqat qiling.
Men bugundan boshlab burgutday yashayman, buning uchun quyidagilarga
amal qilishim kerak...
20- mavzu. MATN VA LUG‘AT BILAN ISHLASH
20.1- mashq.
Matnga qo‘yiladigan talablarni o‘qing.
1. Mos sarlavha qo‘yish.
2. Matndagi asosiy fikr(lar)ni anglab olish.
3. Matn turi va unga xos belgilarni aniqlash.
4. Matn ijodkorining mahoratini belgilash.
5. Matnning til xususiyatlarini aniqlash: muallifning so‘z tanlay olish maho
-
ratini baholash va lug‘at bilan ishlash.
6. Fikr mazmunini bir jumlada xulosa sifatida ifodalash.
20.2- mashq
.
Matn turlari va ularning tahlili bayon etilgan ma’lumotlar bilan ta-
nishib chiqing.
Matn turlari
Tasviriy matn
Tasvirlash,
ta’riflash,
tavsiflash
Hikoya matni
Hikoya qilish,
so‘zlab berish
Muhokama matni
Muhokama,
tahlil qilish
http://eduportal.uz
|