71
19.2- mashq.
Tinish belgilarini qo‘yib parchani ko‘chiring. Masallardan xulo-
sa chiqa rib, uni qisqa sarlavha shaklida yozing.
1. Yo‘l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib turar edi// Bir otliq odam yonidan
o‘tib ketayotib qamchisi bilan uni bir urdi va yo‘lida davom etdi// Gadoy uning
orqasidan qarab//
– Baxtli bo‘l// // dedi// Buni ko‘rib turgan bir yo‘lovchi//
– U seni ursa-yu// sen unga baxt tilasang// bu qanaqasi// // deb so‘radi//
Shunda tilanchi//
– Agar u baxtli bo‘lmasa// meni urmas edi// // deb javob berdi//
2. Katta Mushuk dumi bilan o‘ynayotgan mitti Mushukchadan so‘radi//
– Nega dumingni quvlayapsan//
Mushuk javob berdi//
– Bir Mushuk uchun eng asosiy narsa baxt ekanligini//
baxt esa dumimda
-
ligini bildim// Dumimni tutganimda// albatta// baxtga erishaman//
Shunda katta Mushuk//
– Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim// keyinchalik shuni ang-
lab yetdimki// uni quvlasam// mendan uzoqlashadi// aksincha// qachon o‘z ishim
bilan xotirjam ovora bo‘lib yursam// doimo izimdan ergashadi// // dedi mitti Mu-
shukchaga//
19.3- mashq.
Tinish belgilar qo‘llanishidagi xatoliklarni aniqlang. L.N.Tolstoy
mulohazalari asosida o‘zingizning baxt to‘g‘risidagi
tasavvuringizni bir jumla-
da bayon qiling.
1. Odamning eng baxtli chog‘i: boshqalarga yaxshilik qilgan onlari. 2. Og‘ir
baxtsiz liklar uzoq cho‘zilmaydi – maydalari esa e’tibor berishga arzimaydi. 3. Ha-
yotda faqat birgina chinakam baxt bor; u ham bo‘lsa, – boshqalar uchun yashamoq-
likdir. 4. Haqiqiy baxt daryoga o‘xshaydi; qanchalik chuqur bo‘lsa – shunchalik
shovqinsiz oqadi. 5. Agar baxtli yashashni istasangiz; baxtni maqsadga bog‘lang –
odamlar yoki narsalarga emas. 6. Baxtli oilalar bir-biriga juda o‘xshaydi, ammo,
baxtsiz oilalarning har biri o‘zicha baxtsiz.
Nazariy matn
Tinish belgilari yozma nutqda gap mazmunidan
kelib chiqqan holda
qо‘llanadi. Ularni qо‘llash gap mazmuni va qurilishiga ta’sir qiladi.
Tinish belgilari gap mazmuni aniqligining shartidir.
http://eduportal.uz
72
19.4-mashq.
Tasviriy matndagi tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yib, ifodali o‘qing. In
-
sonning umr fasllari haqida mulohaza yuriting.
Tong
Quyoshli ufq
Maysazor
Maysazorda kunning go‘dakligi
Emaklaydi qiyqirib
Yuragida umid g‘unchasi
Yuzlarida quvonch chechagi
Ko‘zlarida omad shu’lasi
Tush
Maysazor
Maysazorda o‘spirin kun
Halloslaydi sher misol
Yuragida shiddat to‘foni
Yuzlarida hayrat gulxani
Ko‘zlarida g‘ayrat chaqmog‘i
Shom
Maysazor
Maysazorda sukunat sayri
Keksaygan kun
Yonboshlaydi qirga hansirab
Yuragida xayol to‘lqini
Yuzlarida hasrat uchquni
Ko‘zlarida armon buluti
(
N. Norqul)
Dostları ilə paylaş: