18- mavzu. NUTQDA SHAKL VA MAZMUN MOSLIGI
18.1- mashq.
Matnni o‘qing. Gaplarni mazmuniga mos holda qavs ichida berilgan
so‘zlardan mosi bilan to‘ldiring.
O‘ZINGGA UCHTA HAQIQIY DO‘ST TOP
Mustahkam do‘stlik … (munosabatlari, bordi-keldilari, muomalalari) – hayotda
baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri. Yaqinda o‘tkazilgan il
-
miy tadqiqotlarda aniqlanishicha, do‘sti va qarindosh-urug‘i mo‘l odam ko‘proq …
(kularkan, tirjayarkan, og‘zining tanobi qocharkan), kamroq … (xavotirga tu-
sharkan, qo‘rqarkan, o‘ylarkan) va natijada uzoq umr ko‘rarkan.
Bolaligimda otam: „Uchta yaqin do‘sti bor odam – haqiqiy badavlat odam“, –
deya tez-tez takrorlab turardi. Men bu … (yo‘llanma, maslahat, naqshinkor fikr)-
ni hech qachon yodimdan chiqarmayman, sizga ham unga jiddiy munosabatda
bo‘lishni … (nasihat qilaman, aytaman, tavsiya qilaman). Ba’zan mustahkam
do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay muhit-sharoitni tark etishga, o‘zingiz
unchalik yaqindan bilmagan kishilar bilan … (mashaqqatlar chekish, azoblanish,
qiy nalish, ezilish)ga va samimiy munosabat o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Agar
do‘stlik … (urug‘i, danagi, tuxumi)ni eksangiz, albatta, ajoyib do‘stlar timsolida
… (mo‘l-ko‘l, bisyor, serob, talay) hosil yig‘ib olasiz.
Davralarda o‘zingiz tanishishni istagan odamning yoniga boring, o‘zingizni
tanishtiring. Har qanday inson zotida mehrga, samimiyatga ehtiyoj bor, shu sa-
babli ko‘pchilik sizning tashabbusingizdan … (mamnun bo‘ladi, boshi osmonga
yetadi, terisiga sig‘may ketadi). Agar tanishishni istamagan taqdirda ham nima
http://eduportal.uz
67
bo‘libdi? Menga ro‘yxushlik bermadi, deb ... (hisoblamang, siqilmang, sana
-
mang). Bu odam nimani yo‘qotganini o‘ylab ko‘ring-da, mulozamat bilan keyingi
suhbatdoshga o‘ting.
(Robin Sharma)
Dostları ilə paylaş: |