Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

17.2- mashq.
Qo‘shimcha tanlashda nimalarga e’tibor qaratdingiz, uslubda qanday 
farq sezdingiz? Fikringizni izohlang.
17.3- mashq.
Nuqtalar o‘rniga zaruratga qarab qavsdagi qo‘shimchalardan mosini 
qo‘ying.
1. Tanqidchi adabiyot bog‘ining bog‘bonidir, u butoqlar…(-ga, -ni) qay
-
chilash…(-dan, -da) adashmasligi kerak. 2. Shoir va yozuvchilar… (-ning , -ni) 
asarlari…(-ga, -da ) xalq…(-ning, -ga) yuragi urib turadi. 3. Yaxshi adiblar asar
-
http://eduportal.uz


64
lari orqali inson qalbi ezgulikka to‘y (-in, -il)adi. 4. Qalam shun…( -dan, -day) 
qudrat…(-li, -dor) kuchki, uning haq so‘zini hech kim o‘chira olmay
-
di. 5. Iste’dodli ijod... (-kor, -chi), aslida, hayotdan zavq... (-lan, -lash)adi. 
6. Yozuvchining asar mazmuniga o‘zi duch kelgan voqealar…(-ning, -ni) ham 
singdirib yuborishi hayotiy... (-li, -lik)ni ta’minlaydi.
17.4- mashq.
She’riy misralarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi 
qo‘shimchalarni izohlang, ularning qo‘llanishidagi o‘ziga xoslik va shoirning 
topilmalari bo‘yicha bahs-munozara uyushtiring.
1. Huvullagan 
odamzor
ichra, Hayot, seni juda sog‘indim. 2. Mendan nima 
ketdi – qo‘limdan kelar 
Zamonsoz
yuzlarga nur sochib yashash. 3. 
Menshunoslar
bilan nima ishim bor, Bu yo‘ldan ko‘z yumib o‘tgim yo‘q faqat. 4. Ko‘nglimni 
ozdirdi 
ko‘ngilbozliklar
, Uzmadim, ko‘ngildan ko‘ngil uzmadim. 5. Bu dunyo 
asli bir 
ko‘ngilzor
edi, Ko‘ngilni ko‘ngildan kechirmaganlar. 6. O‘zim suymas 
o‘zimdan yuz o‘girtir, Har 
nag‘makor
so‘zimdan yuz o‘girtir. 
(Behzod Fazliddin)
Nazariy matn
Bir qо‘shimcha turli kо‘rinishga ega bо‘lishi mumkin. Masalan, jо‘nalish ke-
lishigi ko‘rinishlari: 
-ga, -ka, -g‘a, -qa, -a,
chiqish kelishigi ko‘rinishlari: 
-dan,
-din
. Ular qо‘shimchaning variantlari deyiladi. Variantlar о‘z qо‘llanish
о‘rniga ega. О‘rinli variantni tanlash – nutqiy madaniyat belgisi. 
Qо‘shimchalarning variantliligini omonimlikdan farqlash kerak. 
Nutqiy vaziyatlarda qo‘shimchalar ma’nodoshligi ham kuzatiladi. Bunday 
holda bir necha kelishik shakllari o‘zaro sinonim bo‘ladi: 
kelganiga xursand – 
kelganidan xursand, gapingizga tushunmadim – gapingizni tushunmadim


Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin